Abu Saʼid Iso Shoshiy
Abu Saʼid Iso Shoshiy(arabcha:أبو سعيد عيسى شوشي — Abu Saʼid Iso Shoshiy — Toʻliq ismi:Abu Saʼid Iso ibn Solim Abu Saʼid Shoshiy (vafoti 847-yil)) — roviy.
Abu Saʼid Iso Shoshiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | roviy |
Tarixi
tahrirAbu Saʼid Iso Shoshiy Shosh ahlidan boʻlib, Aris (kuyov) deb tanilgan. Ishonchli roviy boʻlib, el-yurt kezgan. Abu Saʼid Iso Shoshiy Abu Hudba Ibrohim ibn Hudba, Ubaydulloh ibn Amr, Baqiya ibn Valid va boshqalardan hadislar rivoyat qilgan. U oʻrta asr arab mualliflari asrida hadis rivoyat qiluvchi ishonchli muhaddis sifatida eʼtirof etilgan. Shuningdek, Abu Saʼid Iso Shoshiydan hadislar bilan bir qatorda hikmatli iboralar va xabarlar rivoyat qilingan. Abu Saʼid Iso Shoshiy 232/847-yilda Halvonda vafot etgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 824.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |