Abu Said maqbarasi
Abu Said maqbarasi, Meona bobo maqbarasi – Turkmanistondagi meʼmoriy yodgorlik (11-asr oʻrtalari). Ruhoniy Abu Sayd Mayxoniy (Meona bobo, 1049-yil yil v.e.) qabri ustida qurilgan. Murabba tarhli (10,30×10,50 m), qoʻsh gumbazli. Devorlariga gʻishtlar bezakli qilib terilgan. Bosh tarzi peshtoqli. 14-asrda taʼmir qilinib, peshtoki va gumbazi koshin bilan qoplangan, shiftiga girih ishlangan, ichki devorlari ganch bilan suvalib, islimiy naqsh bilan pardoz-langan. Devori yuqori tomon ensizlasha boradi. Poygumbazning tag qismi 12, yuqorisi 24 qirrali qilib gumbazga tu-tashtirilgan, bino tarzlariga ravoqlar ishlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |