Abu Shujo Ro‘zrovardiy

Abu Shujo Roʻzrovardiy, Zahiruddin Muhammad ibn Husayn (1045, Ahvoz —1095, Madina) — tarixchi, davlat arbobi. Fiqh, hadis, til va tarix sohasida, xususan somoniylar tarixiga oid bir qancha asarlar yozgan. 1076-yilda xalifa Muqtadiy (1075-94) tomonidan vazirlikka tayinlangan. Uning davrida ba’zi solikdar yengillashtirilgan. U o‘z yerlarini vaqfga ajratib, masjid va madrasalar qurdirgan. Sunniylar va shialar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilgan. 1091-yil saljuqiylar sultoni Malikshoh Samarqandni fath qilmoqchi bo‘lganda, Abu Shujo Roʻzrovardiy janjalni tinch yo‘l bilan hal etgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil