Abu Sulaymon Muhammad ibn Tohir ibn Bahrom Sijistoniy Mantiqiy

Abu sulaymon Muhammad ibn Tohir ibn Bahrom Sijistoniy Mantiqiy (912— Bag‘dod — 985) — fay-lasuf. Abu Nasr Forobiyning zamon-doshi, u bilan ilmiy bahslar qurgan. A. S. arab va yunon tilini yaxshi bilgan. Uning asarlari: "Risolatun fi marotib quvayyul inson" ("Inson quvvatlarining darajalari haqida risola"), "Rasoyil Eziddavla" ("Eziddavla risolalari"), "Sharhe kutub Aristutolis" ("Arastu kitoblariga sharh"). Ba’zi ma’lumotga qaraganda, A. S.ning "Suvonul hikmatu" ("Hikmatlar to‘plami") va "Muharrik avval" ("Birinchi harakatlanuvchi") asari ham bo‘lgan. A.S. mantiqilmi bilan ko‘p shug‘ullanganligi uchun Mantiqiy laqabiga ega edi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil