Abu Ubaydullo Muhammad ibn Sultonxoʻja

Abu Ubaydullo Muhammad ibn Sultonxoʻja (Eshonxoʻja Qori Toshkandiy) (1804—?) — tarixchi. Qoʻqon xonligining Toshkentdagi noibi huzurida mirzo va boj yigʻuvchi vazifalarida ishlagan (1860-yil gacha). U „Xulosat ul-ahvol“ („Ahvollar xulosasi“) kitobini yozgan. Unda Qoʻqon xonligining 19-asr 2-yarmiga doir tarixi yoritilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil