Abu Xayl (arabcha: أبو هيل) – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri Deira tumanida joylashgan mahalla. Abu Xayl, asosan, turar-joy hududi boʻlib, sharqda al-Vaheda, janubda Hor al-Anz va gʻarbda esa al-Baraha aholi punktlari bilan chegaradosh.

Abu Hail

أبو هيل
Mahalla
25°17′12″N 55°19′40″E / 25.28667°N 55.32778°E / 25.28667; 55.32778 G OKoordinatalari: 25°17′12″N 55°19′40″E / 25.28667°N 55.32778°E / 25.28667; 55.32778 G O
Mamlakat Birlashgan Arab Amirliklari
Amirlik Dubay
Shahar Dubay
Maydon 1.27 km2 (0.49 mi²)
Aholisi
21,414
Abu Hail xaritada
Abu Hail
Abu Hail

Abu Xayl mahallasida Abu Xayl savdo markazi va Dubay mehnat idorasi joylashgan.

BAAning Dubay shahri Dubay metropoliteni yashil chizigʻida Abu Xayl metro bekati mavjud.

Tarixi tahrir

1830-yilda Britaniyaning Trusial qirgʻogʻida oʻtkazilgan soʻrovlar davomida Abu Xayl mahallasi esga olingan: „Abu Xayl – Sharja amirligining janubi-gʻarbiy qismida, Xon qishlogʻi bilan bir daryoning narigi qirgʻogʻida, taxminan uch milya masofada joylashgan kichik qishloq. Ular birgalikda ikki yuz ellikka yaqin, asosan, baliqchilardan iborat aholi vakillarini oʻz ichiga oladi“[1]. Kapitan Robert Taylor boshchiligidagi bundan bir oz avvalroq oʻtkazilgan soʻrovda qishloq „Matarish qabilasidan boʻlgan Shayx Ali Muhammad qoʻl ostida“ ekanligi aytilgan[2].

Manbalar tahrir

  1. Schofield, R. Islands and Maritime Boundaries of the Gulf 1798–1960. UK: Archive Editions, 1990 — 544 bet. ISBN 978-1-85207-275-9. 
  2. Arabian Gulf Intelligence. Cambridge: Oleander Press, 1985 — 16 bet. ISBN 9781909349964.