Abubakr Muhammad bin Ali bin Jaʼfar Bagʻdodiy Kattoniy (vaf. 322 h.q./934 m) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Junayd Bagʻdodiyning muridi. Makkada uzoq yillar mujovir boʻlib, oʻsha yerda vafot etgan. Murtaʼish Abubakr Kattoniyni Makkaning chirogʻi, deb aytgan. Xizr bilan hamsuhbat boʻlgan avliyo. Muhammad alayhissalomni tushida koʻp koʻrgani, u zotdan turli mushkulliklarga yechim soʻrab turgani uchun “Rasulullohning shogirdi” degan nom olgan. Abu Amr Zujjoj, Abu Abdulloh Xafif Sheroziy, Abulhusayn Sirvoniyi Sagʻir, Ibrohim Xavvos, Abulhusayn Darroj, Abu Jaʼfar Domgʻoniy, Abubakr Zaqqoqi Kabir bilan hamsuhbat boʻlgan. Tazkirada qizi Fotima ham orifa ayollar safida tilga olingan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirib kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.