Abubakr Misriy, Muhammad bin Ibrohim (956-yilda vafot etgan) – “Naso­yim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Junayd Bagʻdodiy, Abulhusayn Nuriy, Abu Ali Kotib Misriy, Abulhusayn Sirvoniy Sagʻir, Ali bin Bundor Soʻfiy Sayrafiy suhbatidan bahramand boʻlgan. Abubakr Duqqiy va Qarofiyning ustozi. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at".