Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy
Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy (?-1157-yil) – fiqh olimi. Uning Abu Muhammad ibn alHasan ash-Shayboniyning „Jomiʼ alKabir“ („Katta toʻplam“) kitobiga yozgan „Sharh ul-Jomiʼ al-Kabir“ („Jomiʼ al-Kabirning sharhi“) nomli bir necha jildli asarining 1-jildi bizgacha yetib kelgan boʻlib, u „Kitob ul-imon“ („Imon haqida kitob“), „Kitob unnikoh“ („Nikoh haqida kitob“), „Kitob ushshahodat“ („Shahodat kitobi“), „Kitob ul-qazo“ („Hukm kitobi“) kabi sakkiz bobga boʻlinadi. Mazkur asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Samarqandiy tomonidan 1361-yilda koʻchirilgan nodir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 5558) saqlanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |