Abulfattoh az-Zubiy
Abulfattoh ibn Muhammad Badr ad-Din az-Zubi al-Jiloniy musulmon huquqshunos va yozuvchisi . U Tripoli shahrida (Shimoliy Livan ) tug‘ilgan va shu yerda vafot etgan. [1]
Abulfattoh bin Muhammad Badr al-Din az-Zubiy al-Jilani | |
---|---|
Tavalludi |
1259 (hijriy) Tripoli (Lebanon) |
Vafoti | 1354 (hijriy) |
Kasbi | Yozuvchi, Olim, Qozi |
Uning hayoti
tahrirAbdulfattoh Az-Zubiy hijriy 1259 - / milodiy 1840 - yil Tripolida tavallud topgan hamda shu yerda tahsil olgan, u yerda o‘z zamoninig buyuk allomalaridan fiqh va adabiyot ilmlarini oʼzlashtirgan. U ulg‘aygach esa, Tripolidagi As-Suvayka mavzesida joylashgan Az-Zubiyyaning Zaviyiyasini egalladi. U Buyuk Mansuriy masjidida notiqlik, muallimlik, shuningdek, imomlik lavozimlarini ham egallagan. Keyinchalik Usmonlilar imperiyasi uni Tripoli shahridagi hurmatli odamlarga vakil etib tayinladi [2] va uning ilmi, taqvosi va ajoyib ta'sirliligini inobatga olib oylik maosh ajratdi. Ovozi baland, aqli tez boʼlgan. Uning keltiradigan dalillari ishonarli edi, shuningdek, u nasabnoma xususida keng koʼlamli bilimga ega edi. U “Tripoli oilalarining nasl-nasabi” (arabcha nomi: Ansab A’lat Tarablus) deb atalgan qo‘lyozmasini yozib qoldirgan, uning Buyuk Mansuriy masjidida va uning zaviyasida o‘qigan masjid xutbalari "Tripoli oilalari nasl-nasabi” nomli toshbosma va’z kitobida mujassam boʼlgan (arabcha nomi: Al-Moava’et al-Hamidiyya) [3] . Uning davrida o'yin-kulgi, qimor va boshqalar keng tarqalgan bo'lib, yoshlar zikr kengashlariga e'tibor qaratmay, ularga borishni istardilar. Natijada Shayx Az-Zubiy ular bilan uchrashishga qaror qildi va Tripoli ahlini ulardan qochishga undadi. Ularni Allohga ibodat qilish uchun diniy burchakda o'tkazgan zikr yigʻinlarga borishga undadi. Shuningdek, u so'fiylik da'vogarlariga qarshi kurash olib bordi, ular o'zlarining riyokorlik va zalolatlarini yashirish uchun so'fiy nomini shior qilib oldilar. Avliyoning qadr-qimmatini inkor qila boshlaganlarning g‘oyalarini kamsitib, odamlarni bu dunyoda zohid bo‘lishga, oxirat uchun mehnat qilishga da’vat etdi. U shayx Muhammad al-Jisr at-Tarabulsiyning qadr-qimmatiga chuqur e’tiqodini namoyon etgan “Qadr-qimmatlar qadri” (arabcha nomi: Karamat al-Karamat) otasining qadr-qimmati va uning yaxshi fazilatlarini yig'uvchi she’rini yozdi va Shayx Husayn al-Jisrga hayratini yozib qoldirdi. Shu bilan birga, bu uning odati bo'lib, odamlarga va'z qilish, yo'l-yo'riq va nasihat qilish, Allohga itoat qilishga undab, yomon ishlar va yomonliklardan qaytarish, ularga dunyo va oxiratda najot yo'lini ko'rsatish, 1935 - yil / 1354 - hijriy yilda vafot etguniga qadar davomiy boʼldi . [1]
Uning asarlari
tahrirShayx Abdulfattoh az-Zubiy bir nechta sheʼriy asarlar qoldirgan boʻlib, ularning koʼpi diniy - maʼrifiy sheʼrlar, shuningdek, Naqshbandiya va Qodiriy shayxlarining nolasi va maqtoviga bagʻishlangan. [4]
- (Arabcha nomi: Urjoza Al-Adaab al-Murdeya fi At-Tariqa An-Naqshbandiya Al-Xaledeyya, hijriy 1305 yil). [5]
- (Arabcha nomi: Al-Ijoz fi Madh Sayyidina Al-Baz
- Alloh nomlari bilan asar. Literary Press, Bayrut, 1315 hijriy. [6]
- Adnaniy Payg'ambar ismlaridagi asar.
- (arabcha nomi: Al-Mavoid al-Hamideya).
- Muborak guruh
- Tripoli oilalarining nasabnomasi (qo'lyozmada)
Adabiyotlar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „الشيخ عبد الفتاح الزعبي“. tourathtripoli.com. 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „الشيخ عبد الفتاح الزعبي“ (en). www.soufiyyah.org. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „مقالات علماء الأمة المحمدية“. www.alsunna.org. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „معجم البابطين لشعراء العربية في القرنين التاسع عشر و العشرين -عبدالفتاح بن محمد بدرالدين الزعبي“. www.almoajam.org. 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ الزعبي, الجيلاني، عبد الفتاح. أرجوزة الآداب المرضية في الطريقة النقشبندية الخالدية (ar). [د. ن.]،, 1899.
- ↑ „هذه مجموعة مباركة مشتملة على صلوات شريفة وعلى منظومة اسماء الله الحسنى ومزج الصلاة المشيشية | مكتبة غذاء الارواح وحياتها“. hishamnajjarlib.com. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.