Abulhasan Muhammad — (922—1002 yillar) so‘fiy, voiz, fiqh bo‘lgan.

Abulhasan Muhammad ibn Abu
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi so‘fiy, voiz, fiqh

Ismoil Ali ibn Husayn ibn Hasan ibn Qosim Alaviy Hasaniy Zaydiy Hamadoniy 310/922—yilda tug‘ilgan. „Vasiy“ laqabi bilan tanilgan. Sharif, Ismoil Saffor, Haysama Atrobulusiy, Asam, Ibn Aʼrobiy, Abu Maymun ibn Roshid, Abdon ibn Yazid Daqqoq, Abdurrahmon Jallob, Ahmad ibn Ubayd, Jaʼfar Xuldiy va Abulqosim Tabaroniydan hadis eshitgan. Abulhasan Muhammaddan Muhammad ibn Iso, Abdurrahmon ibn Abullays Saffor, Muhammad ibn Umar ibn Uzayz, Jaʼfar ibn Muhammad Abhariy, Abu Saʼd Kanjaruziy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Sheravayh aytgan: „Bu kishi — siqa, sodiq, soʻfiy, voiz. Bagʻdodda Abu Ali ibn Abu Hurayradan fiqhni oʻrgandilar. Zohid edilar. Makkada istiqomat qildilar. Soʻngra qaytdilar. Buxoroda yashadilar. 393/1002—yilda muharram oyida Buxoroda vafot etdilar“. Boshqa rivoyatda: „Balxda olamdan oʻtganlar“, — deyilgan. Sulamiy aytganlar: "Ilm va nasabda oliymaqom bo‘lib, bilimlari shunchalik ulugʻligiga qaramay, faqirlarga muruvvatli, ular bilan doʻst edilar. Xuldiyga shogird boʻldilar. Ramlada soʻfiylar xonaqosiga kirib, ularga bir necha kun xizmat qildilar. Kunlarning birida bir faqir odam kelib, u kishining boshlaridan oʻpdi va: „Bu kishi — ulkan togʻ“, — dedi. Shunda Abbos turib Vasiyning oyoqlaridan oʻpdi. Vasiy rakva (suv idish)larini olib, u yerdan safarga chiqib ketdilar". Idrisiy aytgan: „Hikoya qilinishicha, u kishining umrlarining oxirida aytgan ayrim rivoyatlari puxta emas edi[1].





Adabiyotlar

tahrir
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

tahrir
  1. Шамсиддин Заҳабий. Сияру аълами-н-нубала. Ж.17. – Б. 77; Имом Шамсиддин Заҳабий. Сияру аъламин нубало. Машҳур даҳолар сийрати. Таржимон А. Иноятов. – Б. 184.