Аbulhusayn Darroj (vaf. 320 h.q./932 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Ibrohim Xavvosning xodimi. Аbu Аbdulloh Xafif Sheroziy, Аbubakr Kattoniy, Аbulhusayn Muzayyin, Yusuf bin Husayn Roziy bilan suhbatda boʼlgan. Аbu Jaʼfar Majzum bilan birga haj safariga borgan. Аbu Аmr Dimishqiy va Аbu Imron Muzayyin bilan birga samoʼ majlisida vajd holiga tushib, vafot etgan. Аlisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʼliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat".