Nasrobodiy, Abulqosim Ibrohim bin Muhammad bin Mahmuya“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi.

Abulqosim Nasrobodiy
Vafoti 978

Nishopur yaqinidagi Nasrobod qish­logʻida tugʻilgan. Tasavvuf sirlarini Ibrohim bin Shaybon va Abubakr Shibliydan oʻrgangan. Abu Ali Rudboriy, Murtoz, Abubakr Tohir Abhariy, Abu Usmon Magʻribiy suhbatidan bahramand boʻlgan.

Mansur Hallojning qatl etilishiga qarshi chiqqan muftiy. Shayx Abu Ali Daqqoq va Abu Abdurahmon Sullamiyning ustozi, Shayx Ismoil Nasrobodiyning otasi. Umri oxirida Makkaga borib, oʻsha yerda vafot etgan. “Nafahot ul-uns” va “Nasoyim ul-muhabbat”da uning vafot etgan sanasi 983-yil deya koʻrsatilgan, ammo boshqa manbalar, jumladan, Sullamiy va Ansoriy tazkiralarida uning vafot etgan sanasi 978-yil deb berilgan, bu haqiqatga yaqinroqdir.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.