Vikipediya:Tezda oʻchirish mezonlari
![]() | Ushbu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Baʼzi hollarda, administratorlar Vikipediya sahifalarini oldindan ogohlantirmasdan, hatto bu sahifalar muhokamaga qoʻyilgan boʻlsa ham oʻchirib tashlashi mumkin. Bunday holatlarning barchasi quyida keltirilgan. Roʻyxat toʻliq keltirilgan boʻlib, kengaytirilgan talqin qilinishi mumkin emas. Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish uchun har bir oʻzgartirish elementi boʻyicha muhokama oʻtkazilishi kerak.
Tezda oʻchirishga qoʻyishTahrirlash
Sahifani tezda oʻchirishga qoʻyish uchun, quyidagi andozalardan birini, yoki sababini koʻrsatgan holda {{d|sabab}} andozasini qoʻyish kerak. Andozani tezda oʻchirishga qoʻyganda <noinclude>{{tezda oʻchirish andozasi}}</noinclude> konstruksiyasidan foydalanish lozim (aks holda tezda oʻchirishga qoʻyilgan andozadan foydalanilgan barcha sahifalar tezda oʻchirishga qoʻyilib qoladi).
Tezda oʻchirishga qoʻyishni yengillashtiruvchi skript va gadjetlar mavjud:
1) rfsd.js skripti — fayllardan tashqari barcha turdagi sahifalarni tezda oʻchirishga qoʻyish uchun. special:mypage/common.js sahifasiga quyidagi qatorni qoʻshish orqali ulanadi:
importScript('User:Xusinboy Bekchanov/rfsd.js');
Skript ochiluvchi menyuda „Tezda oʻchirishga“ nomli yangi band (Vector foydalanuvchilari uchun) yoki qoʻshimcha varaqa yaratiladi. Uni bosgandan keyin Tezda oʻchirish mezonlari roʻyxatidan birini tanlang (zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritgan hollarda) va OK bosing.
OʻchirishTahrirlash
Oʻchirishdan oldin tahrirlar tarixini koʻzdan kechirish lozim va joriy versiyasi normal versiyaning vandal, test, tasodifiy yoki xato tahriri emasligiga ishonch hosil qilish kerak, — bunday holatlarda sahifani normal versiyasiga qaytarish kerak.
Yaqindagina yaratilgan maqolalarni oʻchirish yoki oʻchirishga belgilashdan saqlanish lozim — ayrim mualliflar maqolalarning joriy versiyasini saqlagan holda davriy bir necha bosqichda yaratishadi. Maqolani tezda oʻchirishga belgilash vaqtida uning ustida hali ishlanayotgan boʻlishi mumkin, va bunday belgi muallifni choʻchitib qoʻyishi mumkin, ayniqsa yangi boʻlsa. Yana bir mustasno Vikipediya:Qumloq hisoblanadi.
Agar sahifa quyida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasa, u holda uni oʻchirish uchun Vikipediya:Oʻchirishga sahifasida keltirish kerak.
Mezonlar roʻyxatiTahrirlash
UmumiyTahrirlash
Ular maʼlum mezonlarga kiritilgan istisnolardan tashqari barcha turdagi sahifalarga qoʻllaniladi va shuning uchun bu maqolalar, yoʻnaltirishlar, maxsus sahifalar, munozara sahifalar, fayllar va shu kabilarga tegishlidir.
U1. BemaʼnilikTahrirlash
Bemaʼni, yaʼni tayinli maʼlumot bermaydigan, tushunarsiz belgilar ketma-ketligi (masalan, asdafbs bsnmgbasg s ADADFAF agbcxbxcb kabilar).
- {{Db-g1}}, {{Db-nonsense}}
U2. Test sahifalarTahrirlash
Vikipediyaning texnik imkoniyatlarini sinash uchun yaratilgan sahifa, buning uchun maxsus moʻljallangan sahifalar bundan mustasno.
- {{Db-test}}
U3. VandalizmTahrirlash
Shu jumladan aniq yolgʻon, shuningdek vandalizm oqibatlarini bartaraf etish paytida yaratilgan vaqtinchalik yoʻnaltirishlar.
U4. Qayta yaratishga ruxsat bermaydigan sabablarga koʻra avval oʻchirilgan sahifaTahrirlash
Sahifani qayta yaratishga ruxsat bermaydigan sabablarga ko'ra avvalroq muhokamalar natijasida o'chirib tashlangan. Istisno: ahamiyatsizligi sababli o'chirilgan maqolaning yangi tahriri rasmiy ensiklopedik ahamiyat mezonlariga javob beradi.
U5. Bloklangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan narsalarTahrirlash
Bu bloklangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan va boshqalar tomonidan jiddiy tahrirga ega boʻlmagan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.
U6. Maqola muallifi istagiga koʻraTahrirlash
Maqola muallifining oʻzi uning oʻchirilishini istasa, bu holda maqola bir kishi tomonidan yozilgan boʻlishi va oʻchirish sababi koʻrsatilishi kerak.
- {{Db-author}}
U7. Koʻchirish imkoniyatini yaratish uchunTahrirlash
Kontentni ko'chirish yoki tahrirlash tarixini birlashtirish uchun. Harakat e'tiroz uyg'otmasligi kerak yoki oldindan kelishuv asosida bo'lishi kerak.
- {{Db-move|sahifa}}
U8. Mavjud boʻlmagan yoki oʻchirilgan sahifaga bogʻliq boʻlgan sahifalarTahrirlash
Masalan, tegishli mavzu sahifasi mavjud boʻlmagan munozara sahifalar (istisnolarni quyida qarang); asosiy sahifasi mavjud boʻlmagan ostsahifalar;
- {{Db-g8}}, {{Db-imagepage}}, {{Db-redirnone}}, {{Db-subpage}}, {{Db-talk}}, {{Db-templatecat}}, {{Db-related}}
U9. Ofis harakatlariTahrirlash
Istisno holatlarda Vikimedia Jamgʻarmasi ofisi zudlik bilan sahifani olib tashlash huquqini oʻzida saqlab qoladi. Ushbu turdagi istisnolarni Jamgʻarma ruxsatisiz bekor qilish mumkin emas.
U10. Mavzuni yoki boshqa biror-bir narsani kamsitadigan va boshqa maqsadga xizmat qilmaydigan sahifalarTahrirlash
Bunda sahifada tuhmat, qonuniy tahdidlar, kishini taʼqib qilish yoki qoʻrqitish uchun moʻljallangan materiallar yoki tirik odam haqida umuman salbiy va manba boʻlmagan biografik materiallar boʻlishi mumkin. Sahifa tarixida neytral versiya mavjud boʻlmasa, bu kabi sahifalar tezda oʻchirilishi zarur. Hujumni baholashda sahifa nomi va uning mazmuni ham hisobga olinishi mumkin. Ushbu mezonga muvofiq oʻchirilgan tirik odamlar haqidagi maqolalar hech qanday tahrirchi tomonidan biografik maqolalar standartlari bajarilmaguncha qayta tiklanishi mumkin emas.
- {{Db-g10}}, {{Db-attack}}, {{Db-attackorg}}, {{Db-personal attack}}
U11. ReklamaTahrirlash
Bu faqat reklama uchun moʻljallangan sahifalarga taalluqli hisoblanadi. Agar mavzu diqqatga sazovor boʻlsa va kontentni neytral (betaraf) nuqtai nazardan yozilgan matn bilan almashtirish imkoni mavjud boʻlsa, bu sahifani saqlash oʻchirishdan koʻra afzaldir (albatta, qayta tahrirlansa).
U12. Mualliflik huquqlarini yaqqol buzilishiTahrirlash
Bu mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materialni biror-bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyilgan hollarda, erkin litsenziyasiz, saqlashga arzigulik kontent boʻlmagan matnli sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi. Batafsil tanishish uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari buzilishi sahifasiga qarang.
- {{Db-multiple|g12|url=URL manbasi|boshqa mezon}}
MaqolalarTahrirlash
M1. BemaʼnilikTahrirlash
Bemaʼnilik, yaʼni tayinli maʼlumot bermaydigan, tushunarsiz belgilar ketma-ketligi (masalan: asdafbs bsnmgbasg s ADADFAF agbcxbxcb).
M2. TekshirishTahrirlash
Tekshirish, yaʼni tahrirlashni oʻrganish maqsadidagi matnlar. Buning uchun maxsus sahifa bor.
M3. Avval yoʻqotilgan maqolani asossiz tiklangan nusxasiTahrirlash
M4. Koʻchirish imkoniyatini yaratish uchunTahrirlash
M5. Ensiklopedik boʻlmagan qisqa maqolalarTahrirlash
Masalan: „Xoʻjand yaxshi shahar“ (va boshqa hech nima yoʻq). Chala maqolalar bu toifaga kirmaydi.
M6. Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalarTahrirlash
Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar, agar ular yaqin orada tarjima qilinmasa.
M7. Faqatgina ishoratlardan iborat maqolalarTahrirlash
M8. Keng ommaga mashhur boʻlmagan shaxslar, tashkilotlar haqidagi maqolalarTahrirlash
Masalan: „Eshmat Toshmatov — universtiet 1-kurs talabasi, 1990-yilda tugʻilgan“ va hk. Agarda maqola muallifi unda taʼriflangan obyektni mashhur, deb iddao etsa, munozara sahifasida bu iddaoni izohlashi shart.
M9. KoʻchirmachilikTahrirlash
Koʻchirmachilik, masalan, biror bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyish.
YoʻnaltirishlarTahrirlash
Yoʻnaltirish (redirect) bir sahifadan boshqasiga avtomatik yoʻnaltiradi.
- Mavjud boʻlmagan maqolaga yoʻnaltirish.
- Boshqa boʻlimga yoki maqola sohasiga yoʻnaltirish
- Nomda xatosi bor yoʻnaltirish
- {{Db-redirtypo}}
TasvirlarTahrirlash
- Litsenziyasi nomaʼlum tasvirlar.
- Vikiomborda mavjud tasvirlar.
TurkumlarTahrirlash
- Boʻsh turkumlar.
- Nomi imlo xatosi bilan yozilgan turkumlar.
Foydalanuvchi sahifalariTahrirlash
- Foydalanuvchi iltimosi bilan. Faqatgina ostsahifalar uchun.
- Anonim foydalanuvchilar sahifasi va ularning munozara sahifalari. Istisno: munozara sahifasida muhim predmet muhokama qilingan boʻlsa, qoldirish zarur.