Vikipediya munozarasi:Tezda oʻchirish mezonlari

Qoidalarga oʻzgarishlar kiritish

tahrir

Oʻzbekcha Vikipediya rivojlanib, sahifalar soni koʻpayib borgani sari qoidalar ham yangilanish talab qilmoqda. Shunday ekan, Tezda oʻchirish mezonlari ham yangilashni talab qilmoqda. Ushbu oʻzgarishlardan baʼzilarini taklif qilmoqchiman:

  1. VP:U6 bandini faqatgina Foydalanuvchi sahifalari bilan cheklab qoʻyish.
  2. Qoidaning preambula qismida foydalanuvchi sahifalari faqatgina administratorlar tomonidan umumiy konsensus asosida oʻchirilishi mumkinligi haqida qoida kiritish.

Hurmatli Kagansky, Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Jamshid Nurqulov, ITPRO.UZ, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Salazarov, Husniddin Rasulov va boshqalar ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman.

Mavzu yuzasidan qoʻshimcha fikrlarni Fikrlar boʻlimida bildirib oʻtishingiz mumkin.

Fikrlar

tahrir
  1. Faqatgina administratorlar tomonidan oʻchirishga kelishib olishimiz, notoʻgʻri boʻladi. Foydalanuvchi sahifalari doimiy ravishda tez-tez oʻchirilmaydi. Bu holatlar maʼlum bir vaqt davomida boʻlishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, administratorlar bilan cheklash toʻgʻri qaror boʻlmasligi mumkin. Spam, reklamaga ega, foydalanuvchi sahifasida hamjamiyat hurmatiga putur yetkazuvchi materiallarni saqlagan holda chop etilgan sahifalarni tezda yoʻq qilish lozim. Asosan, xulosa chiqaruvchilar tezda oʻchirish turkumi bilan shugʻullanishgani uchun men yuqorida sanab oʻtgan jihatlarga ega sahifani administratorlar oʻchirishini kutib oʻtirish, yoki har safar shunday sahifa paydo boʻlganda, administratorlarga xabar berish ortiqcha harakat boʻlishi mumkin. Xulosa chiqaruvchilar ushbu vaziyatda oʻzlari qaror chiqarishlari kerak deb hisoblayman. Faqat administratorlar bilan cheklash uchun yetarli asos va sabablar koʻrmayapman. Hurmat bilan, Salazarov (suhbat) 07:51, 25-May 2023 (UTC)
    Umumiy konsensus aynan foydalanuvchi sahifalari bilan bogʻliq boʻlib, bunda administratorlarga xabar berish emas, balki umumiy konsensusga erishish haqida soʻz ketmoqda. Ikkinchidan, maqolalar tarixi bilan bogʻliq holatlarda toʻgʻri xulosa chiqarilmagan holatlar ham boʻlgan. Shularni inobatga olgan holda yuqoridagi taklif berilmoqda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:56, 25-May 2023 (UTC)
    Fikrimni davom ettirgan holda shuni yozmoqchimanki, VP:U6 bandi aynan sahifa muallifi istagi bilan oʻchirilishi kerak boʻlgan maqolalar va boshqa sahifalarga taalluqli boʻlishi kerak. Yaʼni, biror maqolani yoki sahifani muallifi xohishi bilan oʻchirishga qoʻyib berish kerak.
    Biror bir foydalanuvchi sahifasini alohida munozara ochib, unda koʻrib chiqib, alohida, faqatgina administratorlar konsensusi asosida oʻchirish, bitta ishni 3 yoki 4 ta qilib, qiyinlashtirish demakdir. Hurmat bilan, Salazarov (suhbat) 07:58, 25-May 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir
  1.   Qarshiman va bu qarorimni quyidagi sabablar ila bayon etmoqchiman:
    Yuqorida taʼkidlaganimdek, foydalanuvchi sahifalarida turli xil materiallar saqlanishi va chop etilishi mumkin. Bu kabi vaziyatlarda, masalan, ochiqcha reklama — spam, turli xil haqoratomuz soʻzlar yozilgan sahifalarga duch kelganda xulosa chiqaruvchi bayrogʻiga ega foydalanuvchi sahifani adminlar oʻchirishi uchun shunchaki koʻz yumib ketmasligi, aksincha holatni koʻrgan holatidayoq bartaraf etmogʻi kerak. Bu kabi sahifalarni oʻchirish faqat va faqat Vikipediya uchun manfaatli hisoblanadi. Yaqinda forumda ovozga qoʻyilgan Foydaluvchi sahifalari boʻyicha qoida tasdiqlansa, foydalanuvchi sahifalarini besabab va/yoki oʻz manfaatiga koʻra oʻchirishni niyat qilgan adminlar-u, eliminatorlar qoidaga boʻysunib harakat qilishadi.
    Kiritilayotgan taklifni anglashim boʻyicha, foydalanuvchi sahifalarini, ular oʻz ichiga qanday materiallarni qabul qilishidan qatʼiy nazar faqatgina administratolar konsensusi asosida oʻchirish kerak deyilmoqda. Bu toʻgʻri qaror boʻlmaydi deb hisoblayman. U6 boʻyicha esa fikrimni yuqorida bildirib oʻtdim. Hurmat bilan, Salazarov (suhbat) 08:23, 25-May 2023 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

Meʼzonlarga yangi band kiritish

tahrir

Tezda oʻchirish meʼzonlari qatoriga (aduitor asbobida) „Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandini qoʻshishni taklif etaman. Hasan Xamidovich (munozara) 13:44, 17-Aprel 2024 (UTC)

Rozilar

tahrir
  1.   Roziman - Bu band patrullovchilar va boshqa foydalanuvchilarning vaqtini tejashga va buning ortidan sifatsiz maqolalar kamayishini tezlashtirishga yordam beradi. – Hasan Xamidovich (munozara) 13:44, 17-Aprel 2024 (UTC)
  2.   Roziman eng kerakli taklif Mirishkorlik (munozara) 13:50, 17-Aprel 2024 (UTC)
  3. Juda ajoyib boʻlibdi men   Roziman Ibrohimjon 13:51, 17-Aprel 2024 (UTC)
  4.   Roziman marafonlar koʻpayib borayotgani bois bunday bandga ehtiyoj bor. Alpasli (munozara) 16:24, 17-Aprel 2024 (UTC)

Qarshilar

tahrir
  1.   Qarshiman Maqola AT holatda boʻlsada uni kamida stub holatida olib qolish mumkin. Oʻzi hozirda maqola soni kam, ma'lumot bera oladigan qisqa maqolani olib qolish uchun bu band qoʻshilishiga qarshiman. Sababi, bu band qoʻshilsa AT belgilari koʻp uchramagan maqolalar ham tezda oʻchirishga berilishi mumkin. Uni oʻrniga oʻchishiga berilsa, balki koʻngilli foydalanuvchi tuzatishga harakat qiladi yoki maqoli stub holatiga keltirib, AT nuqsonlari tuzatib ketadi. MrShaxas #Munozaracha 18:00, 19-May 2024 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
„Tezda oʻchirish mezonlari“ loyiha sahifasiga qaytish.