Bosh menuni ochish
Iltimos, yangi mavzularni sahifa pastidan qoʻshing. Qoʻshish…
Umumiy   Yangiliklar   Qoidalar   Texnik savollar   Takliflar   Yordam
 
Crystal 128 three.png Bu boʻlim qoida va koʻrsatmalarni muhokama qilishga moʻljallangan.
Qisqa havola  VP:F-Yo  

Olimpiya oʻyinlarini nomlashTahrirlash

Fayl yuklashTahrirlash

Oʻzbekcha logotipTahrirlash

Maqolalarni nomlash muammosiTahrirlash

Azim, Ismanov, Uzgen,

Abdulla, Casual, Nataev, Amir.Temur, Xusinboy Bekchanov, Umarxon III, Ximik1991, PlanespotterA320,

Mirzoulug'bek, MrErgashev, Doniyorsher Juraev, FarhodShaymanov, Gayrat98, Malikxan, ITPRO.UZ, Jamshid Nurkulov, Mikrry, Olaf Studt, RedaktorWiki, Doniyorsher Juraev, Manzuma, Дилдорбек, Progint

Oʻrtoqlar, bizda maqolalarni nomlash yuzasidan eski mojaro mavjud. Bu mojaro ingliz Vikipediyasidagi qoidalar oʻz vaqtida oʻzbek tiliga tarjima qilinmagani va shuningdek oʻzbekcha manbalar kamligi, ularning sifati pastligi oqibatida kelib chiqqan, deyish mumkin. Chunki boshqa tillardagi yirik Vikipediyalarga eʼtibor berilsa (qarang: Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash), ular ingliz Vikipediyasi qoidalarining asosiy prinsiplarini olib, bir oz oʻzlariga moslab olishgan xolos.

Bizda esa tubdan farq qiluvchi holat yuzaga kelgan — ingliz tilini yaxshi biladigan bir necha faol ishtirokchilar chet ellik shaxslar haqidagi maqolalarni ularning original ismi (aksar holatlarda ingliz tilidagi varianti) bilan nomlay boshlashgan. Bu holat eʼtirozlarga sabab boʻlgani tufayli, bir necha marta qaynoq (lekin qisqagina) bahs-munozaralar boʻlib oʻtgan → 001, 002, natijada tayinli kelishuvga erishilmagan, har kim oʻz fikrida qolgan. Shunga qaramay qoida loyihasiga bahsli bandlar kiritilgan (lekin rang bilan ajratib belgilab qoʻyilgan).

Keyinroq munozara sahifasida muhokama ochilgan, lekin asosli fikrlar bildirilmagan.

Oʻzbekcha Vikipediya bugungi kunga kelib yanayam susaygani sababli tugal kelishuvga erishish qiyin boʻladi, lekin xotirjam muhokamani boshlab qoʻyish zarar qilmaydi deb oʻylayman.

Vikipediyamizda chet ellik shaxslar haqidagi maqolalar qaysi hollarda oʻzbekcha nomlanishi kerak (Jak Shirak), qaysi hollarda esa — originalidek (Jacques Chirac)? Biz oʻzbekcha manbalarga tayana olamizmi yoki yoʻqmi (umuman tayanishimiz kerakmi)?

  • Izoh: Hozircha faqat kirill yozuvida chop etilgan Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida kishilarning ismlari ruschasimon tarzda oʻzbekchaga translit qilib yozilgan (Жак Ширак). OʻzME lotin yozuvida chop ettirilmagan hali, lekin rejada bor → kun.uz.

Muammo boʻyicha oʻz fikrlaringiz va argumentlaringizni bildirishingizni soʻrayman. --Sociologist--munozara-- 16:57, 3-Yanvar 2019 (UTC)

IzohlarTahrirlash

MalikxanTahrirlash

Fikrimcha, kishi ismlari original holda yozilgani to‘g‘ri. Chunki, biror-bir sahifada, misol uchun, aktyor Chris Evansni keltiraylik. Sizning aytishingiz bo‘yicha Chris Evans Kris Evans bo‘ladi. Lekin, foydalanuvchilar Chris Kris bo‘lishini qayerdan bilishadi? Buni qanday o‘zbekcha manba isbotlaydi? – Malikxan (munozara) 17:27, 3-Yanvar 2019 (UTC)

  • Savolingizga toʻliq tushunmadim-u, mayli qarang. 1) Mana, siz Quvnoq oyoqchalar va Ajdarning boʻysundirilishi nomlarini qayerdan oldiz? Huddi shunday, masalan, oʻzbekcha manbalarda Jak Shirak (1, 2, 3, 4 + OʻzME) deyilayotgan boʻlsa biz ham maqolani Jar Shirak deb nomlaymiz. 2) Kris Evans esa qandaydir shubhali saytlarda ishlatilyapti (1, 2), baʼzida Chris Evans ham uchrayapti 3, shu sababli maqola nomi originalidek Chris Evans qoladi. Yaʼni oʻzbekcha manbalarda barqaror yurituvga kirib ulgurmagan atamalardan foydalanmaymiz. Lekin agar barqarorlik kuzatilsa, Jacques Chirac deyishga ne hojat? Huddi shu qoida boʻyicha Paris emas Parij deb yozamiz, lekin Comacchio (Komachchio yoki Komakkio uchun manba yoʻq). --Sociologist--munozara-- 19:01, 3-Yanvar 2019 (UTC)
    • Biz hamma maqolani ham inglizcha nomlamaymiz. Quvnoq oyoqchalar ga kelsak, bu nom rasmiy tarjima. Biz hozirda, kishi nomlari bo‘yicha munozara olib bormoqdamiz. Shahar yoki filmlar haqida emas. – Malikxan (munozara) 08:19, 4-Yanvar 2019 (UTC)
      • 1) „bu nom rasmiy tarjima“ — rasmiy tarjima ham har xil boʻlishi mumkin, manbaga tayanish kerak baribir. 2) Vikipediya uchun shahar va film nomining kishilar nomidan farqi nimada? 3) „Biz hamma maqolani ham inglizcha nomlamaymiz“ — tushunmadim, qaysi hamma maqolani? --Sociologist--munozara-- 08:40, 4-Yanvar 2019 (UTC)

NataevTahrirlash

Nafaqat kishilar, balki joy nomlari, asarlar nomlarini qanday yozishga kelishib olishimiz kerak. Bu yerdagi munozarada koʻproq odam fikr bildirishi uchun Oʻzbekcha Vikipediya sahifalari ilk marta ochilganda banner chiqadigan qilish mumkin.

  • Ismlarni yozish boʻyicha qoidamiz bor. Umumviki munozara oʻtkazilib, yangi qoida qabul qilingunicha unga amal qilishda davom etamiz. Qoidaga amal qilishimiz uchun asos boʻladigan argumentlarni keltiraman.
  1. Oʻzbekistonda lotin yozuvida xorijiy ismlarni yozish boʻyicha rasmiy qoida qabul qilinmagan. Shunday ekan, oʻz qoidamizga amal qilishga majburmiz.
  2. Yuqorida aytib oʻtganimdek, bu mavzuda yaxshimi, yomonmi, oʻz qoidamiz bor. Unga kamida olti yildan beri amal qilib kelyapmiz.
  3. Mavjud oʻzbekcha manbalarda ismlar ham original shaklida, ham ruschasi translit qilingan holatda yozilyapti. Mana bu maqolada shovvozlar prezident ismini Tramp deb yozgan, ammo uning ismi bilan ataluvchi imoratni esa Trump deb yozgan. Mana senga mantiq!
  4. Oʻzbekcha nufuzli, barcha grammatik qoidalarga rioya qilingan holda yozilgan manba topish mushkul. Aksar manbalarni hatto inglizcha apostrof bilan okinasifat belgi oʻrtasidagi farqni bilmagan shaxslar yozgan. Hozirgi kunda nafaqat kompyuterga, balki smartfonga klaviatura koʻchirib olish mushkul emas. Nima uchun shunaqa chalasavod saytlarga qarab ish tutishimiz kerak?
  5. „Nufuzli“ manba keltirilgan holatlarda Jon deb yozib, manba yoʻq holatlarda John deb yozish katta munozaralarga sabab boʻladi. Masalan, John Adams haqida oʻzbekcha manba topilgani uchun Jon Adams deb yozib, John Wick haqida manba boʻlmagani uchun John Wick deb yozamizmi? Yaʼni, bir ismni ikki xil yozamizmi? Manzur tutasiz, lekin menimcha bu ahmoqlik.
  6. Kishilar ismini aslidek yozib, translit versiyasidan maqolaga yoʻnaltirish qoldirishi izlash bilan bogʻliq har qanday muammoni hal qiladi. Masalan: Jek LondonJack London.
  7. Maqolaning ilk satridayoq oʻquvchi uchun xorijiy ism talaffuzi keltiriladi. Masalan, „Alexandre Dumas (talaffuzi: Aleksandr Dyuma) (24-iyul 1802 — 5-dekabr 1870) — farang yozuvchisi“.
  8. Lotin yozuvidan foydalanadigan boshqa deyarli barcha tillarda, jumladan, turk tilida, ismlar aslidek yoziladi. Masalan, Michael Jackson.
  9. Ayni damda Oʻzbekistonda oʻzbek lotin yozuvini isloh qilish muhokama qilinyapti. Alifbo isloh qilinsa, ismlar, joy nomlarini yozish boʻyicha qoidalar ham belgilanishi mumkin. Ungacha bor qoidani oʻzgartirmay, unga amal qilishda davom etganimiz maʼqul.
  10. Lotin yozuviga oʻtilganidan 25 yildan oshgan boʻlsa-da, haligacha lotin yozuvida mukammal lugʻat chiqarilmagan. Shuning uchun ham 2006–2008-yillarda — lotin yozuviga oʻtilganidan keyin 15 yil oʻtib — chiqarilgan izohli lugʻat kirill yozuvida nashr qilindi.
  11. Ismlarni aslidek yozish oʻquvchiga boshqa tillarni oʻrganishida, oʻz dunyoqarashini kengaytirishda yordam beradi. Qolaversa, ismlarni aslidek yoza olish qidiruv tizimlarida maʼlumot va kerakli media fayllarni topishni osonlashtiradi.
  12. Lotin yozuvida yoziladigan ismni (masalan, Bernard Lewis) avval ruschasini ochib qarab (Бернард Льюис) (har bir ismni oʻzbekcha kirill yozuvidan foydalanadigan manbalarda topib boʻlmaydi), keyin uni lotin harflar bilan translit qilish (Bernard Lyuis), imho, kechirasiz-u, ahmoqlik.
  13. OʻzME kabi manbalar biz uchun asos boʻla olmaydi. Chunki ensiklopediya kirill yozuvida chiqarilgan. Bu yerda maqolalarni lotin yozuvida nomlash haqida soʻz ketyapti. Qolaversa, maqolalarni nomlash boʻyicha yana bir savol tugʻiladi: nega maqolalarni „gʻarbliklarga“ oʻxshab Islom Karimov deb nomlayapmiz? Vaholanki, OʻzMEda, Oʻzbek sovet ensiklopediyasida kishilar ismlari Karimov, Islom Abdugʻaniyevich shaklida yozilgan. Bu, albatta, ruslarga taqlid. Nima uchun translit qilishda ruslarga taqlid qilamiz, ammo ism va familiyalarni yozishda gʻarbliklardan oʻrnak olamiz? Mantiq yoʻq bu yerda.

Endi originali lotin alifbosida yoziladigan ismlarni aslidek yozishning salbiy jihatlariga toʻxtalib oʻtsam.

  1. Oʻzbekcha manbalar (nufuzlimi, boshqami) originali lotin alifbosida yozilgan ismlarni ruschasiga tayangan holda translit qilyapti. Online manbaga misol: „Jorj Bush“. Bosma manbaga misol: „Jyul Vern“; bosma manbalar nufuzli manba boʻladigan boʻlsa, biz ham Jyul Vern deb yozishimiz kerak. Ammo, aytaylik, Alexandre Dumasning asarlari hali lotin yozuvida chop etilmagan boʻlsa, aslidek yozamizmi? Katta chalkashlik kelib chiqadi.
  2. VP:Konverter funksiyasi (uni Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshishda shaxsan oʻzim qatnashganman) translit qilingan lotincha ismlarni kirillda ham toʻgʻri koʻrsatadi. Ammo Ernest Xemingueydan (inglizcha ismning ruschasiga asoslangan lotincha transliteratsiyasi) Эрнест Ҳемингwай (original shaklining Vikipediyamizdagi konverterimiz kirillga oʻgirgani) ming marta yaxshi. Oʻzbekiston lotin yozuviga rasman oʻtgan, bu haqda qonun va farmonlar chiqarilgan. Konverterimiz ismlarni notoʻgʻri koʻrsatayotgani katta muammo emas. Konverter hech qachon yuz foiz toʻgʻri oʻgira olmaydi, chunki lotin yozuvida yangi qoidalar bor (masalan, lotin yozuvida yumshatish belsigi yoʻq; sirk, sex, moʻjiza, rejissor, ammo aktyor kabi soʻzlar imlosi kirilldan farq qiladi va hokazo).
  • Joy nomlari haqida bir nima deyish qiyin. Izlanib, oʻrganib fikr bildirish kerak.
  • Asarlar (film, kitob va hokazolar) nomlarini aslidek yozish tarafdoriman. Nataev munozara 10:32, 4-Yanvar 2019 (UTC)

SociologistTahrirlash

„Lotin yozuvidan foydalanadigan boshqa barcha tillarda, jumladan, turk tilida, ismlar aslidek yoziladi“

--Sociologist--munozara-- 11:02, 4-Yanvar 2019 (UTC)

Maykl Cekson — ozarbayjon tili, Maiklos Džeksuons — litov tilining bir dialekti, Maykl Cekson — qrimtatar tili, Maikls Džeksons — latish tili, Džekson Maikl — veps tili. Notice anything, anyone? Barchasi ruslarning sobiq mustamlakalari yoki hozir Rossiya tarkibida yashaydigan xalqlar tillari. Maikel Jakthon esa oʻta zoʻr misol — 83 ta maqolasi bor vikidan. Qaysi tilda ekanligi tushunarsiz. Keltirgan bir necha argumentimning bittasiga qarshi argument keltiribsiz, ammo u ham chala. Endi nima deysiz? Nataev munozara 11:27, 4-Yanvar 2019 (UTC)
@Sociologist: Turk vikipediyasini yaxshilab ko‘zdan kechiring. Qarang — Michael Jackson. – Malikxan (munozara) 13:39, 4-Yanvar 2019 (UTC)

Administratorlikka nomzod qoʻyishda ovoz berish tartibini o‘zgartirishTahrirlash

Joriy talablarga koʻra administrator bo‘lish uchun kamida 10 foydalanuvchi ovoz berishi kerak. Ammo bizda faol foydalanuvchilar juda oz. Bu talabni oʻzgartirishni talab qilaman. Masalan, beshta ovoz ham administrator bo‘lish uchun kifoya bo‘lsin. Foydalanuvchilar o‘z fikrlaringizni bildirishingizni so‘rayman. Malikxan munozara 13:20, 15-Avgust 2019 (UTC)

RozilarTahrirlash

QarshilarTahrirlash

BetaraflarTahrirlash

IzohlarTahrirlash

Nataev, PlanespotterA320, Nataeva, Changez36, Vikichizar, Xusinboy Bekchanov, Jamshid Nurkulov, Umarxon III, Gayrat98: Siz ham fikr bildiring. Malikxan munozara 13:20, 15-Avgust 2019 (UTC)