Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat
Ushbu sahifa Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari mazmunini tartibga soluvchi koʻrsatmalarning bir qismidir. Unga amal qilish tavsiya etiladi, lekin u — aqida emas; idrok bilan ish tuting. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Vikipediya ensiklopediyadir, yaʼni unda barcha sohalardan bilimlar yigʻiladi. Biroq ensiklopediyada hamma narsa emas, balki ahamiyatga molik mavzular yoritilishi kerak.
Vikipediyada biror predmet ahamiyatga molik boʻlishi uchun u haqida nufuzli manbalarda batafsil yoritilgan boʻlishi lozim. Batafsil deganda nufuzli manbalar aynan shu predmetga katta eʼtibor qaratganini tushunish kerak.