Bosh menuni och

Vikipediya:Nufuzli manbalar

Qisqa havola  VP:NM 

Vikipediya maqolalari nufuzli, nashr qilingan manbalarga asoslanib yozilishi kerak. Bunday manbalarda keltirilgan barcha keng tarqalgan hamda ozchiliklarning muhim qarashlari maqolada koʻrsatilishi lozim (qarang: Vikipediya:Betaraf nuqtai nazar). Agar biror mavzuda nufuzli manba topishning iloji boʻlmasa, ushbu mavzuda maqola yaratilmasligi kerak (qarang: Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat).

Manbalar boʻyicha qoidalar Vikipediya:Tasdiqlashga asoslanadi va isbot talab qiladigan yoki qilishi mumkin boʻlgan har qanday materialni va har qanday iqtibosni tasdiqlovchi manba koʻrsatilishini talab qiladi. Asosiy nomfazodagi barcha maqola, roʻyxat va maqola boʻlimlari ushbu qoidaga amal qilishi kerak. Xususan, tirik odamlar biografiyalari ham mazkur qoidaga amal qilishi shart:

« Tirik (yoki yaqinda vafot etgan yoki oʻlgan, deb ishonilgan) shaxsiyatlar haqidagi munozarali material — salbiy, ijobiy, betaraf yoki shunchaki shubhali boʻlishidan qatʼiy nazar — manbasiz boʻlsa yoki oz manbaga tayansa, munozarasiz tezda oʻchirilishi kerak. »