Vikipediya:Administratorlar
Ushbu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Administratorlar, odatda, adminlar yoki sysoplar („system operators“, tizim operatorlari) deb ataladigan Vikipediya foydalanuvchilarining bir toifasi boʻlib, quyidagi texnik vazifalarni bajarish huquqiga egadirlar:
- Biror sahifani muhofazalash
- Sahifani oʻchirish
- Yoʻqotilgan sahifani tiklash
- Tahrir tarixidan biror versiyani yashirish
- Biror foydalanuvchini chetlashtirish
Administratorlar yuqorida sanab oʻtilgan vazifalarni soʻrov oʻtkazib, ushbu soʻrov muvaffaqiyatli yopilgandan soʻngina bajara olish huquqiga ega boʻladi. Ular Vikimedia Jamgʻarmasining xodimi sifatida faoliyat yuritmaydi. Administratorlarni Vikimedia tizim administratorlari („sysadmins“) bilan adashtirmaslik kerak.
Oʻzbekcha Vikipediyada hozirda 11 ta administrator mavjud.
Administrator boʻlishTahrirlash
Administratorlik statusi maxsus sahifadagi muhokamadan soʻng beriladi: Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar.
Administratorlikdan chiqishTahrirlash
Administrator unvoni faqat 3 ta sabab tufayli olinishi mumkin:
- administrator statusiga ega foydalanuvchining oʻz xohishi bilan;
- muayyan administratorning uzoq muddat faol emasligi sababli faol administratorlar konsensusi asosida;
- administratorning Vikipediya va Vikimedia tamoyillarini bir necha bor buzgan hollarda.
Administrator statusini berish-olish vazifasi loyiha rasmiyatchilariga yuklatilgan. Favqulotda vaziyatlarda (masalan, rasmiyatchi faol boʻlmagan hollarda) Vikimedia Jamgʻarmasining barcha loyihalaridagi boshqaruvchilar — styuardlarga murojaat qilish mumkin.
Administratorlik unvonining qayta berilishi, administratorlikka soʻrovlar sahifasida administratorlarni saylash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
RoʻyxatTahrirlash
Hozirgi administratorlarTahrirlash
Foydalanuvchi | Qachondan beri administrator | Faollik | CheckUser | Revizor | Rasmiyatchi |
---|---|---|---|---|---|
Abdulla | 2007-yil 25-iyun | Faol emas | |||
Amir.Temur | 2013-yil 14-may | Faol emas | |||
Asadbek Botirqulov | 2020-yil 28-sentabr | Faol | |||
Malikxan | 2019-yil 13-oktabr | Faol | |||
Nataev | 2012-yil 3-iyul | Faol | |||
PlanespotterA320 | 2018-yil 29-avgust | Faol | |||
Sociologist | 2015-yil 26-yanvar | Faol emas | |||
Umarxon III | 2016-yil 26-dekabr | Faol | |||
Ximik1991 | 2016-yil 20-aprel | Faol emas | |||
Xusinboy Bekchanov | 2013-yil 11-iyun | Faol |
Sobiq administratorlarTahrirlash
Foydalanuvchi | Administratorlik davri | Administratorlikdan ketish sababi |
---|---|---|
Azim | 2006.05 — 2016.04 | Noaktivlik |
Ismanov | 2006.05 — 2016.04 | Noaktivlik |
Uzgen | 2006.05 — 2016.04 | Noaktivlik |
Farsizabon (nomi Akhemenga oʻzgartirilgan) | 2016.03 — 2016.06 | Oʻz xohishi bilan |
Shuningdek qarangTahrirlash
- Administratorlar roʻyxati (avtomatik yangilanadi)
- Vikipediya:Rasmiyatchilikka soʻrovlar
- Vikimedia Fondi loyihalaridagi administratorlar statistikasi