Bosh menuni ochish
   Help-browser.svg Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Gayrat98!
Crystal Clear app ktip.svg Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! ITPRO.UZ (munozara) 11:31, 27-Mart 2016 (UTC)

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Crystal128-kanagram.svg Maqolalarni nomlash
View-refresh.svg Maqola qanday yoziladi?
Accessories-text-editor.svg Qoida va koʻrsatmalar
Crystal Clear app lphoto.png Tasvirlar bilan bezash
Green copyright.svg Mualliflik huquqlari
Nuvola apps bookcase.svg Glossariy

Mundarija

MaslahatTahrirlash

Salom Gayrat98, Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun rahmat. Avvalam bor uzr, ammo oʻzingiz haqingizdagi avtobiografiya foydalanuvchi sahiafangizga bunaqa yozmaganingiz maʼqul. --ITPRO.UZ (munozara) 10:12, 29-Mart 2016 (UTC)

Foydalanuvchi oʻz sahifasida istalgan maʼlumotni keltira oladi. Ahmoqona gaplar, haqorat yoki reklama boʻlmasa bas. Nataev munozara 05:33, 4-Yanvar 2017 (UTC)

Oʻ/Gʻ hamda tutuq belgisiTahrirlash

Salom! Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani komputeringizga oʻrnatishingiz mumkin. Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. Qolaversa, VP:vikifikatordan foydalanishingiz mumkin. Nataev munozara 05:32, 4-Yanvar 2017 (UTC)

Mualliflik huquqlarini buzishTahrirlash

Mana bu hamda mana bu suratingiz Vikiombordan oʻchiriladi. Shaxsan oʻzingiz olmagan suratlarni yuklamang. Mualliflik huquqi, degan narsa bor. Keyin surat yuklaganda muayyan andozalardan foydalanish kerak. Masalan, men yuklagan suratlarni koʻring. Nataev munozara 05:10, 4-Fevral 2017 (UTC)

Manba emas, manbalarTahrirlash

Boʻlim nomi har doim „manbalar“ boʻladi, bitta manba boʻlsa ham. {{manba}} andozasidan boʻlardan-boʻlmasga foydalanavermang. Uning oʻrniga manba topib, qoʻshing. Nataev munozara 16:00, 11-Fevral 2017 (UTC)

VikimaʼlumotlarTahrirlash

Vikipediyada boshqa tildagi maqolani manba qilib koʻrsatmang. Biror maqolani boshqa tillarga ulashni oʻrganing. Tillarga ishoratlar Vikimaʼlumotlarda saqlanadi. Masalan, Shimoliy Afrika haqidagi maqolalarga ishoratlar mana bu yerda saqlanadi. Eng osoni, yangi maqola yaratgandan keyin chapda „ishorat qoʻshish“ tugmasini bosing. Nataev munozara 06:24, 12-Fevral 2017 (UTC)

PfDTahrirlash

Oʻchirilishi kerak maqola ichida ahmoqona gaplarni yozish oʻrniga unda tezda oʻchirishga andozasini qoldiring. Mendan boshqa administratorlar ham bor. Nataev munozara 07:08, 18-Fevral 2017 (UTC)

Xoʻp, ana shunday aniq va ravon javoblaringiz meni qoyil qoldiradi. Gayrat98 (munozara) 07:13, 18-Fevral 2017 (UTC)
Qoyil qoladigan narsa emas. Yangilik kiritishdan avval izlanib koʻrish kerak. Nataev munozara

Siz oʻzingiz yozgandingizku faqat administratorlar maqolani oʻchirishi mumkin deb, hozirda vikipediada UmarxonIII bilan siz faol admin boʻlgani uchun sizga xabar yozgandim. Bunday andozani uchratmagandim. Va yana administratorlikka ovozga qoʻyilgandan soʻng nechta foydalanuvchi buni qoʻllab quvvatlashi kerak? Gayrat98 (munozara) 07:28, 18-Fevral 2017 (UTC)

Ha, faqat administratorlar oʻchira oladi. Ammo bu degani maqola ichida xabar yozish mumkin, degani emas. Siz administrator boʻlishingizga hali erta. Chunki bilmagan narsangiz koʻp. Nataev munozara 09:40, 18-Fevral 2017 (UTC)

Ok, men xafa emasman, tan olaman men hali koʻp narsani ilgʻab olishim kerak.Gayrat98 (munozara)

Qoʻshilaman. Nataev munozara 05:16, 22-Fevral 2017 (UTC)

Soʻrov natijasiTahrirlash

Salom! Sizga administratorlik huquqi berilmadi. Texnik jihatdan minimum talablarga javob bersangiz-da, administrator boʻlishingizga hali erta. Qoida va koʻrsatmalar bilan tanishishingiz, tajribangiz oshishi kerak. Odatda tajribali foydalanuvchilargina administrator boʻla oladi. Nataev munozara 05:15, 22-Fevral 2017 (UTC)

Yangilik kiritmangTahrirlash

Vikipediya — ensiklopediya, shaxsiy blog emas. Esiklopediya Oʻzbekistonniki emas. Maʼlumot qayerdan olinganini lanj gaplar yordami bilan emas, manbalar yordamida koʻrsatish kerak. Maʼlumot chindan OʻzMEdan olingan boʻlsagina OʻzME andozasini ishlatish kerak. Maqola nomini ahmoqona qilib qisqartirib, yana uni [[]] ga olishning keragi yoʻq. Nataev munozara 06:52, 21-Mart 2017 (UTC)

Axa ok Gayrat98 munozara 12:51, 21-Mart 2017 (UTC)

Huquq Maqolalarga Razdel qoʻshish borasidaTahrirlash

Oʻzbekistondagi amal qiladigan Kodekslardagi moddalarni manba qilib koʻrsatib ularni toʻldirsam nima boʻladi Gayrat98 (munozara) 13:04, 21-Mart 2017 (UTC)

http://lex.uz/ saytidan topish mumkin. Umarxon III (munozara) 07:26, 3-Aprel 2017 (UTC).

Balki qiziqtirar?Tahrirlash

Salom. mana bu va mana bu yerdagi yaratilmagan sahifalarni yaratsangiz, iltimos. Umarxon III (munozara) 07:26, 3-Aprel 2017 (UTC). Ok rahmat. Qiziqtiradigan maqolalar. Gayrat98 (munozara) 15:28, 3-Aprel 2017 (UTC)

Return to the user page of "Gayrat98".