Vikipediya:Himoyalash qoidalari

Qisqartmalar:

Vikipediya har kim tahrirlashi mumkin prinsipida qurilgan boʻlib, material qoʻshish va xatolarni tuzatish uchun ommaga imkon qadar koʻp sahifa ochib berishga harakat qiladi. Biroq ayrim hollarda tayinli sahifalar tez-tez bezorilik oʻljasiga aylanishi ehtimoli yuzaga keladi, shunda bu sahifalar tahrir uchun vaqtincha yopiladi. Bunday ish Vikipediyada himoyalash deyiladi. Sahifa himoyaga olinishi yoki undan boʻshatilishi administratorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Himoyalash bir necha xil boʻladi:

  • Toʻliq himoya (sahifani faqat administratorlar tahrirlay oladi)
  • Yarim himoya (sahifani faqat roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar tahrirlay oladi).

Agar biror sahifa himoyaga olingan boʻlsa va uni tahrir qila olmasangiz, oʻsha sahifaning munozarasida nimalarni tuzatish kerakligini yozib qoldirishingiz mumkin.

Shuningdek qarangTahrirlash