Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar

Administratorlik statusi tajribali, jamoaning yetarlicha ishonchiga ega boʻlgan va loyihada tartibni saqlash, texnik yordam, konfliktlarni va xulosalar chiqarish boʻyicha xos vazifalarni bajarishda javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchilarga beriladi.

Ushbu sahifada administratorlikka nomzodingizni qoʻyishingiz mumkin. Nomzodingizni qoʻyishdan avval administrator boʻlish uchun qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqing. Qoʻyilgan talablarga javob bera olsangizgina oʻzingizni nomzodlikka qoʻying. Oʻz nomzodingizni qoʻyganingizdan keyin foydalanuvchilar tomonidan rozilik yoki qarshilik ovozlari hamda ayrim savollar beriladi.


Administratorlarni saylash qoidalari

Administrator statusi rasmiyatchilardan biri tomonidan administratorlik majburiyatini oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchi soʻrovi asosida beriladi. Bunda koʻp koʻrsatgichlar hisobga olinadi, jumladan, tajriba, tahrirlar soni, nomzodni boshqa foydalanuvchilar tomonidan muhokamasi va ularning ovozlari natijasi. Ovoz berish nomzodning nomzodligiga ovoz berish sahifasida uning aniq roziligi olinganidan keyin boshlanadi va 1 haftadan keyin (7 sutka) 15:00 UTC da tugaydi. Ovoz berishda nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha oʻzbekcha Vikipediyaning maqolalar nomfazosida 100 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan, kamida 2 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha boʻlgan 30 va 60 kun ichida bittadan kam boʻlmagan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilmasdan 15 kun oldingi davr ichida bitta dan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi kerak. Admininstrator statusiga daʼvogar oʻzbekcha Vikipediyada bir yil avval roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va 1 500 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi zarur. Agar foydalanuvchining administratorlik vazifasiga munosibligiga shubhangiz boʻlsa, dadil qarshi ovoz bering, agar u odam haqida hech narsa bilmasangiz — betaraflar boʻlimiga ovozingizni qoʻying.

Agar administratorlik statusi sizga berilmasa yoki siz hali bu statusga loyiq boʻlmasangiz yoki shunchaki administratorlik vazifalar qanday ishlashini bilishni xohlasangiz, bu roʻyxatdagi har qanday test vikilarga murojaat qilishingiz va u yerda barcha administratorlik ishlarni his qilishingiz mumkin.

Nomzodligingizni qoʻyish

Administratorlikka oʻz nomzodligingizni qoʻyishdan avval Vikipediya:Administratorlar sahifasi bilan tanishib chiqing.

Nomzod nomini „/“dan keyin kiriting va „Soʻrov ostsahifasini yaratish“ tugmasini bosing:


Yaqinda yopilgan soʻrovlar

Yaqinda yopilgan administratorlikka va rasmiyatchilikka soʻrovlar (yangilash)
Nomzod Turi Natijasi Yopilgan sanasi Ovozlar soni
R Q B %
Salazarov AS Muvaffaqiyatli 2023-yil 25-iyun 20 6 7 77
Panpanchik AS Muvaffaqiyatli 2023-yil 9-iyun 16 0 0 100
Laziz Baxtiyorov (2) AS Muvaffaqiyatli 2023-yil 20-yanvar 19 0 0 100
Laziz Baxtiyorov AS Muvaffaqiyatsiz 2023-yil 21-yanvar 10 1 0 91


Joriy soʻrovlar

Alpasli

Nomzod roziligini tasdiqlash:   Roziman. Alpasli (munozara) 17:36, 21-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Ushbu nomzod haqida fikringizni bildirib, ovoz bering. Ovoz berish jarayonini 2024-yil 15-aprel, 15:00 (UTC) da tugatish rejalashtirilgan. Ushbu soʻrovni oʻtkazganingizdan soʻng, <!-- va --> ni olib tashlang.

Nomzod

Salom, oʻzbekcha Vikipediya ahli! Bugungi qutlugʻ kunda, oʻz nomzodimni oʻzbekcha Vikipediya administratorligiga qoʻyishga jurʼat etdim. Niyatim, oʻzbekcha Vikipediya rivojiga baholi qudrat xizmat etishdan iboratdir. Bu niyatim yoʻlida, administrator bayrogʻiga ehtiyoj his etmoqdaman. Yuzaga kelgan ehtiyojlarim asli nimadan iborat ekanini quyida berilgan savollarga javob tarzida ham ifoda etdim. Pirovardida berilajak savollarga ochiqman. Hurmatli Nataev, Nataeva, Abdulla, Malikxan, Kagansky, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Mirzoulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Salazarov, Humoyun Qodirov, Asadbek Botirqulov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, ShohjahonSobirov, Oblakulova, Visola Tangirova, Diloromkhan, Axadjon1, AnvarxonM, Mirishkorlik, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Anjaniy, Komilkhuja, Hasan Xamidovich, Doniyor Yóldoshev va boshqa foydalanuvchilar, sizlarni kamoli ehtirom ila, ovoz berishda ishtirok etishga chorlab qolaman! Alpasli (munozara)

Foydalanuvchi haqida maʼlumot

Alpasli (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)

Tahrirlar soni 16,409 tahrir 14,596 (92.4%) tahrir maqola nomfazosida
Tahrirlar qisqa tavsifidan foydalanish 2,672 kichik tahrir (16.9%) 20 baytdan katta tahrir, 1,457 (29.1%) katta tahrir 125 (2.5%).
Ilk tahrir kuni 2022-05-23 09:42
Kuniga tahrirlarning oʻrtacha soni 24.564
Skype
Ovoz berish oʻtkaziladi 2024-03-21 dan 2024-04-15, 15:00 UTC gacha

Sharhlar

Ovoz beruvchilarga talablar

Ovoz berishda 2024-03-21 gacha boʻlgan ovoz beruvchiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu talablar quyidagichadir:

  1. maqolalar nomfazosidagi tahrirlar soni 100 tadan kam boʻlmasligi kerak;
  2. 2 oydan kam boʻlmagan stajga ega boʻlishi kerak (yaʼni, 21-01-2024 dan oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim);

Rozilar

  Roziman, munosib nomzod:

  • Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablarning barchasiga aʼlo darajada javob beradi.
  • Administratorlik majburiyatlaridan bajarishni koʻzlaganlari oʻzbekcha Vikipediya uchun hozirda, haqiqatda, zarur boʻlayotganlaridir. Yaʼni koʻp hollarda Vikipediya qoidalari roʻyhatdan oʻtmagan foydalanuvchilar tomonidan buzilganiga guvoh boʻlamiz. Va baʼzilar, vaholanki, oldin ham shu kabi vandal tahrir qilgan boʻlib chiqadi. Fikrimcha, bundaylarni bloklashdan boshqa yaxshiroq chora yoʻq. Uning ustiga, Alpasli, hozirda, roʻyhatdan oʻtmagan foydalanuvchilar tomonidan qilingan tahrirlarni qaytarish va yaratilgan sahifalarni oʻchirishda faol jonbozlik koʻrsatyabdi.ANJANIY!!#suhbat 04:41, 24-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

  Roziman — Munosib nomzod.

Foydalanuvchi Vikipediyada roʻyhatdan oʻtganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada, yetarlicha tajriba yigʻa olgan foydalanuvchilardan biri. Umid qilamizki Alpasli administratorlikni olganidan soʻng, Oʻzbekcha Vikipediya rivoji uchun salmoqli hissa qoʻsha oladilar. Oʻzbekcha Vikipediya rivoji yoʻlida salmoqli hissa qoʻshishdan faolligingiz susaymasin, Yoqimli tahrirlar! — Axadjon1 (munozara) 07:27, 24-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

  Dastaklayman Men Alpaslini vikipediyadagi faoliyatini kuzatib boraman va faolligini hisobga olgan holda roziligimni beraman. Ushbu foydalanuvchini administratorlikka loyiq deb bilaman.   Mirzoulugʻbek |@  19:46, 26-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

oʻzbekcha Vikipediyaning „otaxon“ vakillaridan birining bildirgan fikrlaridan boshim koʻkka qadar yetdi... sogʻ boʻling! Alpasli (munozara) 06:01, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]
Sizdan boshqasi oʻlmasin! 😊Ishlarizga omad!   Mirzoulugʻbek |@  13:54, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

  Roziman — Qadrli AlpAsli uzoq yillar davomida ushbu statusda, vijdonan samarli faoliyat olib borasiz degan umiddaman! Shuningdek Mirzo og'a bildirgan fikrlarni ham qo'llab qo'ltiqlayman. Cheksiz hurmat bilan — Muxriddin Azimov (munozara) 14:16, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

bildirilgan tilagingiz uchun rahmat! fikrlaringiz yodimda turadi doimo Alpasli (munozara) 15:08, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

  Roziman, munosib nomzod:

Alpasli ogʻir, bosiq va tajribali foydalanuvchilardan. Adminlikk loyiq. AnvarxonM (munozara) 19:15, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

  Roziman, munosib nomzod: Mehnatlaringiz tahsinga loyiq! Ibrohimjon 18:10, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar

Betaraflar

Nomzodga savollar

Standart savollar
1. Administratorlar majburiyatlaridan qaysi birini bajarmoqchisiz?
  1. Oʻchirilgan sahifalar tarkibini koʻrish hamda Vikipediya uchun zarur deb topilganlarni qayta tiklash;
  2. Sahifalarni himoya qilish holatini oʻzgartirish. Shuningdek, zarur vaziyatlarda himoya oʻrnatish va haqli deb topilgan talablarga koʻra, bekor qilish;
  3. Vikipediya qoidalarini buzgani aniqlangan anonim/roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarni bloklash;
  4. Tajribali administratorlar orasida ijtimoiy integratsiya jarayoniga qoʻshilish; Alpasli
2. Vikipediyaga qoʻshgan oʻz hissangizni qanday baholaysiz?
Qoʻshgan hissamni oz deb bilaman, qoniqarsiz. Hanuz amalga oshirishim/qoʻshishim zarur boʻlgan muhim hissalarim bor. Alpasli
3. Sizda vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlganmi? Agar boʻlgan boʻlsa, ularni qanday hal qilgan edingiz va kelajakda buni qanday hal qilmoqchisiz?
Qarama-qarshiliklar „sogʻlom“ munozara/muhokama darajasida boʻlishi shart deb bilaman va bunga amal qilishga tirishaman. Fikriy kelishmovchiliklar ortidan qasd qilishga urinish holatlariga mutlaqo qarshiman. Ezgu maqsadni koʻzlab hissa qoʻshayotgan administrator va foydalanuvchilar qarama-qarshiliklarga borib oʻtirmaganiga/aralashmaganiga guvoh boʻldim. Bundan buyogʻiga ulardan oʻrnak olyapman. Alpasli
4. Siz biror marta blok qilinganmisiz? Agar ha, u holda qaysi sabab boʻyicha? ([Bloklash jurnali])
Yoʻq. Alpasli
5. Vikipediyaning aktiv foydalanuvchilaridan birortasi bilan shaxsan tanishmisiz?
Oʻzbekcha Vikipediya bilan bir qatorda, turk va ozarbayjoncha Vikipediya foydalanuvchilarining faollari bilan shaxsan tanishman. Tanishligimiz oʻzaro hamkorlik qilish kerakligi borasidagi fikrda mushtarak. Alpasli
6. Sizda boshqa manbalarda administratorlik tajriba bormi?
Agar soʻralayotgan savolga oid/mos deb boʻlsa, soham (tarix)ga oid blog yuritishda tajribam bor. Alpasli

Qoʻshimcha savollar

Alpasli, Vikipediyada qanday holatlarda manfaatlar ziddiyati kelib chiqadi? Buning oldini olish uchun qanday muayyan choralarni koʻrish mumkin? Nataev munozara 14:26, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

oʻzim tarjima qilgan qoidaning qisqa matnini misol oʻlaroq keltirmoqdaman: oʻzingiz, oilangiz, doʻstlaringiz, mijozlaringiz, ish beruvchilaringiz, xususan, moliyaviy yoki boshqa munosabatlarga dahldor boʻlgan mavzularda Vikipediyaga hissa qoʻshishni oʻz ichiga oladigan jarayondir. Har qanday turdagi tashqi munosabatlar manfaatlar toʻqnashuviga olib borishi mumkin. Biror kishining manfaatlar toʻqnashuvida ishtirok etishi, uning halol yoki emasligi borasidagi hukm emas, balki holatga berilgan tavsifdir.
oʻzbekcha Vikipediyaga kirib kelgan ilk paytlarimda, qoidalarni bilmaganim bois, bu bilan bogʻliq baʼzi holatlarga aralashib qolganim rost. avval boshda bu qoidaning nega mavjudligini magʻzini chaqmaganim ham bor gap. yuzaga kelayotgan bunga bogʻliq holatlar, shuningdek, qoidalarning toʻliq shakli bilan tanishib chiqqanimdan soʻngra, qoidalar nechogʻliq haqligi/toʻplangan tajribalar mahsuli oʻlaroq shakllangan ekanligini ichdan anglab yetdim. Nataev, bu holatni savol sifatida berganingiz uchun sizdan minnatdorman. va siz, menga ishonch bildirayotgan foydalanuvchilar guvohligida soʻz beramanki, har qanday manfaatlarni, koʻnggilli ravishda boyitilayotgan oʻzbekcha Vikipediya qoidalaridan ustun qoʻymayman/ustun qoʻyilayotgan holatlarning qarshisida turaman. darvoqe, oʻzbekcha Vikipediya administratoriligi statusini olish yoki olmasligim bergan soʻzimning amal qilishi bilan bogʻliq emas. yaʼni vaʼdamga doim amal qilaman. hurmat ila Alpasli (munozara) 16:11, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]
manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish bilan bogʻliq bergan savolingizga tayinli javob yoʻq ekan yuqoridagi fikrlarimda. oʻzbekcha Vikipediya bilan, umuman, Vikipediya faoliyati bilan yaqindan tanish boʻlmagan jamiyatda yashaganimiz tufayli bu holat bilan bogʻliq holatlar bizda koʻpayib borishi tabiiy jarayon deb oʻylayman. oldini olish uchun esa, murojaat bilan chiqqan shaxs/tashkilot kim/qaysi ekanidan qatʼi nazar, qoidalar borasida tushuntirish ishlari amalga oshirish kerak deb oʻylayman. bundan tashqari, ommaviy axbarot vositalarining kuchidan foydalanish, xususan, oʻzbekcha Vikipediyaga tegishli boʻlgan ijtimoiy tarmoqlar orqali bunga oid postlar ulashib, keng omma orasida bu bilan bogʻliq tasavvur uygʻotilsa, foydadan xoli boʻlmaydi nazdimda. xullas, bunda asosan betaraf/ishonchli/reklamadan xoli icharik (kontent) yaratish maqsad qilinganini ommaga tushuntirish oson boʻlmasligi, ammo bu ilojsiz emasligiga ishongan qarashlarim/fikrlarim bor Alpasli (munozara) 17:17, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]
bundan tashqari, pulga tahrir qiluvchilarga doir amalda boʻlgan qoida bilan tanishib chiqqanman va yaqin kelajakda, ushbu qoidani toʻliq tarjima etishni niyat etganman. bu qoidalarni muhokamadan oʻtkazib, qabul qilib olsak, ancha foydali boʻladi deb oʻylayman. negaki, oʻzbekcha Vikipediyada bu jarayon bilan bogʻliq madaniyat shakllanishiga ehtiyoj yuzaga kelayotgani bor gap. Alpasli (munozara) 20:51, 27-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Hozirda 15 nafar administratorimiz bor (MediaWiki'ning Suiisteʼmollar filtridan tashqari). Bu kamsonli foydalanuvchilarimiz uchun haddan ziyod oshiq. Tepada "administratorlar majburiyatlari" boʻlimida yozganingiz 4 banddan (oʻchirilgan sahifalarni tiklash, sahifalarni himoyalash, foydalanuvchilarni chetlashtirish, administratorlar guruhiga qoʻshilish) birinchi 3 tasini mavjud 15 administratordan biriga soʻrov qilib bajarish mumkin. Soʻnggi, "Tajribali administratorlar orasida ijtimoiy integratsiya jarayoniga qoʻshilish" bandini esa majburiyat emas, balki istak deyish toʻgʻriroq. Shularni hisobga olib, nega administrator boʻlishingiz lozimligini izohlasangiz, iltimos. Abdulla munozara 20:09, 28-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

avvalo shuni alohida ta’kidlashim kerakki, men administratorlik statusini bir ma’suliyat sifatida boʻynimga olmoqchiman. fikrimcha, ma’suliyat yuki insonni doimiy oʻz ustida ishlash sari undab keluvchi asosiy faktorlardan biri. men shu yukning bir uchidan koʻtargan holda, oʻzbekcha Vikipediya rivojiga koʻproq xizmat qila olishimga ishonyapman Alpasli (munozara) 04:42, 29-Mart 2024 (UTC)[javob berish]
shu bilan birga, mavjud vaziyatni hisobga olib aytadigan boʻlsam, „avlodlar almashinuvi“ yuz berishi qochib boʻlmas bir jarayondir. oʻzimni yangi avlod vakillaridan biri sifatida bilganim bois, oʻzbekcha Vikipediyaga yangicha „ob-havo“ olib kirish uchun, bor imkonim bilan harakat qilish niyatidaman Alpasli (munozara) 05:54, 29-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Natija

Oʻtgan soʻrovlar

 
Arxivlar

Status berilishi foydalanuvchilar huquqlari jurnalida koʻrsatiladi.

Yana qarang