Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar/Arxiv/4
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Mundarija
Hammaga salom! Oʻz nomzodimni administratorlikka qoʻyishga qaror qildim. Turkumlar, yoʻnaltirishlar, andozalar bilan koʻp ishlaganim uchun sahifalarni oʻchirish/tiklash, himoyalash, himoyalangan sahifalarni tahrirlash kabi huquqlar koʻp kerak boʻladi. Kelajakda boshqa admin-vazifalarni bajarishga ham tayyorman. Savollaringiz boʻlsa, marhamat, tortinmay bering. --Sociologist--munozara-- 19:28, 24-Yanvar 2015 (UTC)
Rozilar
- Roziman. --Xusinboy Bekchanov (munozara) 06:15, 25-Yanvar 2015 (UTC).
- Roziman. --Amir.Temur (munozara) 08:49, 25-Yanvar 2015 (UTC)
- Roziman. MrErgashev (munozara) 04:49, 26-Yanvar 2015 (UTC).
Qarshilar
Betaraflar
Savollar
- Administratorlik vazifalaridan qaysi birlarini bajarmoqchisiz?
- Noensiklopedik sahifalarni oʻchirish
- Sahifalarni himoyalash, himoyalangan sahifalarni (asosan andozalarni) tahrirlash
- Bezorilarni chetlatish
- Munozaralarda xulosa chiqarish
- Vikipediyadagi hissangizni qanday baholaysiz?
- Maqolalarni boyitishga qoʻshgan hissam hozircha juda oz. Albatta, oʻzim qiziqqan mavzular boʻyicha Yaxshi va Tanlangan maqolalar yozish rejada bor, lekin avval qoidalar, turkumlar va andozalar bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilamoqchi boʻldim (hali koʻp ish bor bu yoʻnalishlarda).
- Boshqa foydalanuvchilar bilan ziddiyat yoki tushunmovchilikda boʻlganmisiz? Agar shunday boʻlsa, ziddiyatni qanday yechgansiz? Kelajakda shunday boʻlib qolsa, qanday chora koʻrasiz?
- Vikipediyadan tashqarida (forum yoki boshqa sayt) administratorlik yoki moderatorlik bilan shugʻullanganmisiz?
- Yoʻq. --Sociologist--munozara-- 19:28, 24-Yanvar 2015 (UTC)
Natija
Bajarildi, administratorlar safiga Sociologist qoʻshildi. Sociologist, Vikipediyaga ijobiy hissa qoʻshishda davom etasiz, deb umid qilaman. Omad! Abdulla munozara 09:49, 26-Yanvar 2015 (UTC)
- Katta rahmat. --Sociologist--munozara-- 14:50, 26-Yanvar 2015 (UTC)
Hammaga salom! Oʻz nomzodimni administratorlikka qoʻyishga qaror qildim. Turkumlar, yoʻnaltirishlar, andozalar bilan koʻp ishlaganim uchun sahifalarni oʻchirish/tiklash, himoyalash, himoyalangan sahifalarni tahrirlash kabi huquqlar koʻp kerak boʻlmoqda. Kelajakda boshqa admin-vazifalarni bajarishga ham tayyorman. --Bir soddadil Uzbek (munozara) 11:41, 23-Fevral 2015 (UTC)
Rozilar
- Roziman. Umuman olganda bu foydalanuvchining qo'shgan hissalari boshqa adminlarning qilgan ishlaridan kam emas. Amir.Temur7 (munozara) 11:29, 26-Fevral 2015 (UTC)
Qarshilar
- Qarshiman. Xafa boʻlmang, lekin menimcha administrator boʻlishingizga hali erta. Administrator boʻlish uchun eng avvalo Vikipediya qoidalarini yaxshi bilish kerak. Bundan tashqari, qoʻshgan hissangiz salmoqli va sifatli boʻlishi kerak. Sizning tahrirlaringiz yaxshi, ammo yaratgan maqolalaringizning sifati pastroq. Masalan, mana bu maqolani olaylik. Hech qaysi qolipga toʻgʻri kelmaydi bu maqola. Oʻzingizni nomzodlikka qoʻyayotib nega {{discussion top}} va {{discussion bottom}} andozalarini qoʻshdingiz? Aftidan ularning vazifasi nima ekanligini bilmaysiz. Bu hali oʻrganishingiz kerak narsalar koʻpligini koʻrsatadi. Bu mening ovozim xolos. Boshqa foydalanuvchilar fikrini kutamiz. Nataev munozara 14:42, 23-Fevral 2015 (UTC)
- Qarshiman, hafa boʻlmang, Nodir akaning fikriga qoʻshilaman. --Amir.Temur (munozara) 16:27, 23-Fevral 2015 (UTC)
- Qarshiman. Hozirgi kunda shu sakkizta admin ham uzvikiga koʻplik qilib turishibdi. Har kuni 1000 ta faol foydalanuvchi hech yoʻq 10 tadan tahrir qilsa ekan u holda adminlar sonini koʻpaytirsak. Nataev aytganlaridek mana bu maqolani hattoki orfografiyasi toʻgʻri emas. Adminlar koʻpchilik qilolmagan ishni qilishlari kerak. Agar siz orfografiyani bilmasangiz oddiy foydalanuvchilar nima qilishadi? Agar sizning maqsadingiz haqiqatda uzvikiga hissa qoʻshish boʻlsa, hali yozilmagan maqolalar qancha turibdiyu... Bularni yozishga admin boʻlish shart emas. --Химик1991 (munozara) 16:57, 23-Fevral 2015 (UTC)
- Vikipediyaning qoida va texnik jihatlarini yetarli darajada oʻrganib olganingizga hali ishonchim komil emas. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan (mana qarang) hisob yozuvini, yaʼni Foydalanuvchi:Doniyorsher-Botni, bot sifatida ishlataman deb yozibsiz. Kelajakda adminlik huquqlari Sizga aynan nimaga kerakligini batafsil tushuntirib oʻtishni ham unutmang. --Sociologist--munozara-- 10:01, 24-Fevral 2015 (UTC)
- Menimcha odamni juda ahmoqqa chiqarib qo'yayapsizlar. Bunga rozi emasman. Vikipediya qoidalariga kelsak, men har soat Vikida bo'lmayman faqat bekorchilikda o'zim hushlagan narsalar haqida maqolalar yozishni yaxshi ko'raman. Mening maqolalarimga keladigan bo'lsak bilaman kamchiliklar bor lekin kelajakda bartaraf etish harakat qilmoqdaman. Boshqa adminlar maqolasiga keladigan bo'lsak ularning ham xatosi va chala maqolalari tiqilib yotibti. Menga adminlik huquqi maqolalarni nomini o'zgartirish uchun kerak va havolalarni birlashtirishga ham. Iltimos shuni ham hisobga olinglar--Bir soddadil Uzbek (munozara) 10:18, 24-Fevral 2015 (UTC)
- Maqola nomini oʻzgartirish va „havolalarni birlashtirish“ (nima demoqchiligingizni uncha tushunmadim) uchun administratorlik huquqi kerak emas. Birovlarni tanqid qilishning keragi yoʻq. Bu yerda gap siz haqingizda ketayapti. Yana bitta ovoz berilganidan keyin bu soʻrovni yopsak ham boʻladi. Nataev munozara 10:26, 24-Fevral 2015 (UTC)
- Menimcha odamni juda ahmoqqa chiqarib qo'yayapsizlar. Bunga rozi emasman. Vikipediya qoidalariga kelsak, men har soat Vikida bo'lmayman faqat bekorchilikda o'zim hushlagan narsalar haqida maqolalar yozishni yaxshi ko'raman. Mening maqolalarimga keladigan bo'lsak bilaman kamchiliklar bor lekin kelajakda bartaraf etish harakat qilmoqdaman. Boshqa adminlar maqolasiga keladigan bo'lsak ularning ham xatosi va chala maqolalari tiqilib yotibti. Menga adminlik huquqi maqolalarni nomini o'zgartirish uchun kerak va havolalarni birlashtirishga ham. Iltimos shuni ham hisobga olinglar--Bir soddadil Uzbek (munozara) 10:18, 24-Fevral 2015 (UTC)
- Men ham qarshiman. Oldin eski kamchiliklaringizni tuzating. Imlo qoidalarini oʻrganing. Hali imkoniyatingiz boʻladi. Ajabmas, oʻsha paytga kelib faol foydalanuvchilarimiz soni ham koʻpayib qolsa --Xusinboy Bekchanov (munozara) 14:50, 26-Fevral 2015 (UTC).
Betaraflar
Savollar
- Administratorlik vazifalaridan qaysi birlarini bajarmoqchisiz?
- Noensiklopedik sahifalarni oʻchirish
- Sahifalarni himoyalash, himoyalangan sahifalarni (asosan andozalarni) tahrirlash
- Bezorilarni chetlatish
- Munozaralarda xulosa chiqarish
Natija
Bajarilmadi, qarshilar soni koʻp. Yuqorida aytib oʻtilgan kamchiliklar ustida ishlang. Keyin oʻzingizni yana nomzodlikka qoʻyishingiz mumkin. Nataev munozara 15:10, 26-Fevral 2015 (UTC)
Hammaga salom. Men administratorlikka nomzodimni qoʻyishga qaror qildim. Chunki menda bir qancha sahifalarni himoyalash, himoyalangan sahifalarni tahrirlash, baʼzi foydalanuvchilarni chetlashtirish, sahifalarni qayta tiklash kabi zaruratlar paydo boʻlmoqda va kelajakda boshqa yumushlarni ham bajarish niyatim bor. Shunday ekan menga yordam berasizlar degan umiddaman. Amir.Temur7 (munozara) 16:49, 9-Mart 2015 (UTC)
Rozilar
Roziman. Bu foydalanuvchining hissasini koʻrdim. Menga maʼqul. Farrux Majidov (munozara) 16:55, 9-Mart 2015 (UTC)- Qarang: Sock puppetry. --Sociologist--munozara-- 18:18, 9-Mart 2015 (UTC)
Roziman. Suxrobjon28 (munozara) 17:03, 9-Mart 2015 (UTC)- Qarang: Sock puppetry. --Sociologist--munozara-- 18:18, 9-Mart 2015 (UTC)
Roziman. Sunnat24 (munozara) 17:08, 9-Mart 2015 (UTC)- Qarang: Sock puppetry. --Sociologist--munozara-- 18:18, 9-Mart 2015 (UTC)
Roziman. Menga bu foydalanuvchining yaratgan maqolalari maqul boʻldi. Malikaxon31 (munozara) 17:29, 9-Mart 2015 (UTC)- Qarang: Sock puppetry. --Sociologist--munozara-- 18:18, 9-Mart 2015 (UTC)
Qarshilar
- Qarshiman Meni fikrimcha, bu nomzod qoʻshimcha yolgʻon hisoblar yaratib, oʻziga-oʻzi ovoz bermoqda. Yuqorida rozilikka ovoz berganlarning barchasi yangi hisoblar va hech qanday maqolani tahrirlamaganlar. Bunday yolgʻonchilik bilan ish yuritish vikipediya tamoyillariga toʻgʻri kelmaydi. Boz ustiga, foydalanuvchining hissasi hali katta emas va vikipediyada administratorlar soni hozircha yetarli. Casual (munozara) 17:57, 9-Mart 2015 (UTC).
- Qarshiman Bu ogʻaynimiz oʻzicha hakerlik qilmoqchi boʻlyapti shekilli. Men barcha IP-adreslarni tekshirib koʻrdim va bu signallarning hammasi bir serverdan olinganini bilib qoldim. Bu meni komp.dan olgan bilimim xolos. Lekin bu odam oʻzi uchun oʻzi ovoz bergan. Xullas foydalanuvchimiz hali admin boʻlishga qodir emas, menimcha.Hurmat bilan Bir soddadil Uzbek (munozara) 18:06, 9-Mart 2015 (UTC)
- Qarshiman. Ushbu foydalanuvchining tajribasi hali judayam kam. PS: Hurmatli Foydalanuvchi:Amir.Temur7, sokpappetlar (marionetkalar) haqidagi qoida bilan enwiki yoki ruwikida tanishib chiqing (oʻzbekchaga hali tarjima qilinmagan; qisqa maʼnosi: bir nechta hisob yozuvlaridan oʻz manfaatlarida foydalanish taʼqiqlanadi). --Sociologist--munozara-- 18:18, 9-Mart 2015 (UTC)
- Qarshi bo'lsangiz bemalol qarshiligingizni bildiring. Ammo asossiz ravishda birovga tuhmat qilish yaxshi emas. Kim biladi sizni o'zingiz admin bo'lish jarayonida qandaydir "nayrang" o'ylab topayotgandirsiz. Yuqoridagi ovoz bergan hisob va ularning egalariga kelsak, ular bilan hech qanday aloqam yo'q. Hatto ularni tanimayman ham. Balki ular yangi bo'lganliklari uchun o'zlari bilmagan holda ovoz berayotgandirlar, bular menga qorong'u. Balki Casual bilan Bir Soddadil Uzbek bitta odamdir. Xo'sh buni qanday isbotlay olasiz. Shunday ekan ovoz berish jarayonini chalg'itishga urinmang. ILTIMOS sizdan. Amir.Temur7 (munozara) 18:25, 9-Mart 2015 (UTC)
- Isbotlashning yoʻli bor: Sockpuppet investigations. Lekin bunday chora koʻrishga hojat yoʻq, hammasi ayon. Sizdan iltimos: bemaʼni narsalarga chalgʻimasdan, Vikipediyani rivojlantirishda davom etaylik. --Sociologist--munozara-- 19:10, 9-Mart 2015 (UTC)
- Qarshi bo'lsangiz bemalol qarshiligingizni bildiring. Ammo asossiz ravishda birovga tuhmat qilish yaxshi emas. Kim biladi sizni o'zingiz admin bo'lish jarayonida qandaydir "nayrang" o'ylab topayotgandirsiz. Yuqoridagi ovoz bergan hisob va ularning egalariga kelsak, ular bilan hech qanday aloqam yo'q. Hatto ularni tanimayman ham. Balki ular yangi bo'lganliklari uchun o'zlari bilmagan holda ovoz berayotgandirlar, bular menga qorong'u. Balki Casual bilan Bir Soddadil Uzbek bitta odamdir. Xo'sh buni qanday isbotlay olasiz. Shunday ekan ovoz berish jarayonini chalg'itishga urinmang. ILTIMOS sizdan. Amir.Temur7 (munozara) 18:25, 9-Mart 2015 (UTC)
- Qarshiman. Butunlay. Nataev munozara 19:17, 9-Mart 2015 (UTC)
- Qarshiman Bu foydalanuvchining admin boʻlishga hali tajribisi yetarli emas --Amir.Temur (munozara) 13:15, 10-Mart 2015 (UTC)
Betaraflar
Savollar
Natija
Bajarilmadi. Endigina 100+ tahrir qilgan odam administrator boʻla olmaydi. Buning ustiga, bu foydalanuvchining sockpuppetry qilganidan shubhalanishga yetarlicha asos bor. Nataev munozara 19:23, 9-Mart 2015 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.