Abxa — Saudiya Arabistoni janubi-gʻarbidagi shahar. Asir viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 35 ming kishidan ortiq. Karvon yoʻllari kesishgan joyda. Abxa rayonining (bugʻdoy, sorgo, xurmo, kofe, sholi, chorvachilik) markazi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil