Abyuziv munosabatlar
Abyuziv munosabatlar [1] (inglizcha: abusive relationships — kamsituvchi munosabatlar) — bir inson oʻz juftining shaxsiy chegaralarini buzadigan, kamsitadigan, jabrlanuvchining irodasini sindirish.
Так что, не нужно думать что Абьюз делиться и избирается вашим методом, которым вам дают ложную информацию. Вагиф очень даже хороший человек. Просто он проспал, в этом нету нечего плохо. Спасибо за понимание.
p.s T.S
Terminning qoʻllanishi
tahrirAbyuzer atamasi zoʻravonlik usullaridan foydalanadigan shaxsni tavsiflash uchun ishlatiladi, u oʻz maqsadiga erishish uchun psixologik, jismoniy yoki iqtisodiy zoʻravonlik usullaridan foydalanishi mumkin. Abyuziv munosabat — bu „zolim“ va „jabrlanuvchi“ oʻrtasidagi haqoratli munosabatlar boʻlib, u pul, shantaj, tahdid va hujum orqali doimiy manipulyatsiya, shuningdek tajovuzkor tomonidan ruhiy kamsitish bilan birga keladi.
Abyuziv munosabatlar oilada ham yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, bunday munosabatlar shaxslararo munosabatlarning boshqa har qanday turlarida ham mavjud boʻla oladi.
Abyuzerga aylanish sabablari
tahrir- Odamda kasalliklar va ruhiy zoʻriqishlarning mavjudligi.
- Bolaning ongiga va uning ichki dunyosiga halokatli taʼsir koʻrsatadigan abyuziv ota-onaning tarbiyasi.
- Koʻp sonli komplekslar va oʻziga past baho berish .
- Insonda ruhiy beqarorlikning mavjudligi va tajovuzkorlik, jahldorlik, boshqarishga chanqoqlik kabi ijtimoiy-salbiy shaxsiy xususiyatlarning namoyon boʻlishi. Oʻz-oʻzini nazorat qilishning past darajasi, shafqatsizlik, zoʻravonlikni oqlash, ishonchsizlik va yolgʻon gapirishga moyillikning kuchayishi ham zoʻravonning shakllanishi uchun muhim sabab boʻlishi mumkin.
- Insonda qorongʻu triada (makiavelizm, psixopatiya va narsisizm) kabi notoʻgʻri shaxsiy xususiyatlarning mavjudligi. Oʻz maqsadlariga erishish uchun odamlar bilan muloqot qilishda ularni manipulyatsiya qilish mumkin va kerak, degan ishonch, shuningdek, oʻziga xos manipulyatsiya qobiliyatlari, shuningdek, aybdorlik hissining yoʻqligi, sovuqqonlik, shaxslararo munosabatlarda suiisteʼmollikning namoyon boʻlishini tavsiflaydi. Psixometrik miqyosda yuqori darajadagi psixopatiyaga ega boʻlgan, ijtimoiy meʼyorlar va qoidalarni buzishga moyil boʻlgan, aldashga moyilligini koʻrsatadigan, tashvishlanish hissi past boʻlgan, shaxslararo munosabatlarda aniq takabburlik, past empatiyaga ega boʻlgan odamlar tajovuzkor munosabatlarning potentsial vakillari hisoblanadi. Abyuzerlarga narsisizm xos boʻlib, bu boshqalardan uning harakatlariga doimiy hayrat va eʼtibor talab qilishda namoyon boʻladi.
Abyuziv munosabatlarning belgilari
tahrir- Rashk — abyuzer potentsial jinsiy sheriklar bilan muloqotga juda salbiy munosabatda boʻladi: u boshqa odam haqida gapirganda oʻzini yoʻqotib qoʻyadi, qoʻngʻiroqlarni, yozishmalarni nazorat qiladi.
- Ayblov — abyuzer oʻz sherigini turli qiyinchiliklarda ayblashga harakat qiladi: ishdagi, oiladagi muvaffaqiyatsizliklar.
- Toʻliq nazorat — abyuzer oʻz qurbonining har bir qadamini nazorat qiladi, u doimo qayerda va kim bilan ekanligini bilishi kerak.
- Beqaror kayfiyat — avvaliga abyuzer eng muloyim va doʻstona odam boʻlishi mumkin, lekin agar unga yoqmagan narsa sodir boʻlsa, u darhol shafqatsiz, ruhsiz zolimga aylanadi.
- Bir tomonlama tanqid — abyuzer doimo hamma narsadan, shu jumladan jabrlanuvchidan ham norozi boʻladi, uning qanday kiyinishini, gapirishini, doʻstlarini yoqtirmaydi.
- Muloqotni cheklash — tajovuzkor jabrlanuvchining oʻziga yaqin va ahamiyatli boʻlgan, uning destruktiv xatti-harakatlari haqida ogohlantirishi mumkin boʻlgan odamlar bilan munosabatlarni saqlab turishiga qarshi chiqadi.
- Xulq-atvorning notoʻgʻriligiga ishontirish- zoʻravon oʻz qurbonini haqiqatni yetarli darajada idrok etmasligiga, hissiy jihatdan beqarorligiga, xotirasida muammolari borligiga, psixologik manipulyatsiya yordamida sherigini uning „gʻalatiligi“ ga ishontiradi .
- Doimiy aql oʻrgatish va maslahat- tajovuzkor oʻzini har doim haq boʻlgan yoqimsiz nazoratchidek tutadi.
Abyuzning turlari
tahrir- Jismoniy — jabrlanuvchining xulq-atvorini boʻysundirish, tajovuzkorning talablarini bajarish uchun jismoniy kuch va zoʻravonlik, kaltaklash, hujum qilish [2] .
- Psixologik — zoʻravonlik, shu jumladan shantaj, tahdid, turli xil manipulyatsiyalar. Ushbu tur yashirin yoki aniq shaklda oʻzini namoyon qilishi mumkin.
- Iqtisodiy — jamiyatdagi ijtimoiy aloqalarni cheklash va qaram pozitsiyani yaratish uchun sherikning mablagʻlarini nazorat qilish.
- Jinsiy — jismoniy tahdidlar orqali sherik bilan jinsiy aloqada boʻlishga majburlash. Zoʻravon qurbonidan faqat oʻz xohish va ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadi [3] .
- Ijtimoiy — ommaviy axborot vositalari va internetda qoʻllaniladigan professional va siyosiy yoʻl. Saylovchilar, kitobxonlar, telekoʻrsatuvlar tomoshabinlari, radio tinglovchilar, muxlislar, ijtimoiy tarmoqlar ishtirokchilari — guruh zoʻravonligida (jamoa soʻkinish) qatnashishga moyil boʻlganlar bilan birlashtirilishi mumkin.[manba kerak] .
Jabrlanuvchining yomon munosabatlarni tark etishi qiyin boʻlgan sabablar
tahrir- Jabrlanuvchi, agar u tajovuzkorning nazoratidan chiqib ketishga harakat qilsa, tajovuzkor tuni aʼqib qilishidan va hayotiga tahdid solishni boshlashidan qoʻrqadi. Maʼlumki, Amerika Qoʻshma Shtatlarida har yili 2 million ayol oʻz sheriklaridan jiddiy jarohatlar oladi [4] .
- Jabrlanuvchining oʻz mablagʻi yoʻq va uni qoʻllab-quvvatlashi uchun abyuzerga toʻliq qaram boʻlib qolgan.
- Jabrlanuvchi tajovuzkorga nisbatan kuchli hissiy bogʻlanishga ega [5] .
- Zoʻravon bilan umumiy bolalarga ega boʻlish jabrlanuvchini munosabatlarni saqlab qolishga majbur qiladi.
Adabiyotlar
tahrir- Бэнкрофт, Ланди. Почему он делает это? Кто такой абьюзер и как ему противостоять, Психологический бестселлер. Эксмо-Пресс, 2020. ISBN 978-5-04-109495-9.
- Bancroft Lundy. Why Does He Do That?: Inside the Minds of Angry and Controlling Men. Penguin Group US, 2003. ISBN 1-101-22073-2.
- Далсегг А.. На крючке. Как разорвать круг нездоровых отношений, 2008. ISBN 978-5-9614-4268-7.
- Yegorova M. S., Sitnikova M. A., Parshikova O. V. Adaptatsiya Korotkogo oprosnika Tyomnoy triadi // Psixologicheskie issledovaniya. — 2015. — T. 8, № 43. — S. 1.
- Здравомыслова О. М.. Обыкновенное зло. Исследования насилия в семье, М., 2003.
- Ильин Е. П.. Психология агрессивного поведения. СПб.: Питер, 2014.
- Dr. Robin Stern. The Gaslight effect. New York: Morgan road books, 2007.
Manbalar
tahrir- ↑ „Как понять, что вас абьюзят? И что делать, если абьюзер — вы?“ (ru). The Village. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
- ↑ Wilbur, Lee; Higley, Michelle; Hatfield, Jason; Surprenant, Zita; Taliaferro, Ellen; Smith, Donald J; Paolo, Anthony (2001). „Survey results of women who have been strangled while in an abusive relationship“. The Journal of Emergency Medicine. 21-jild, № 3. 297–302-bet. doi:10.1016/S0736-4679(01)00398-5. ISSN 0736-4679.
- ↑ Dutton, D. Male abusiveness in intimate relationships(ingl.) // Clinical Psychology Review[en]. — 1995. — ISSN 02727358. — DOI:10.1016/0272-7358(95)00028-N.
- ↑ Muelleman, Robert L; Lenaghan, Patricia A; Pakieser, Ruth A. Nonbattering presentations to the ED of women in physically abusive relationships(ingl.) // Andoza:Нп3. — 1998. — ISSN 07356757. — DOI:10.1016/S0735-6757(98)90028-6.
- ↑ Landenburger, Kären M. The Dynamics of Leaving and Recovering from an Abusive Relationship(ingl.). — 1998.