Academia.edu

ilmiy tadqiqotchilar uchun ijtimoiy tarmoq veb-sayti

Academia.edu — olimlar oʻrtasidagi hamkorlik oʻrnatish hamda oʻz ilmiy ishlarini olimlar hamda ommaga eʼlon qilish uchun tuzilgan ijtimoiy tarmoq. 2008-yil sentabr oyida ochilgan. Veb sayt ishga tushirilgandan beri foydalanuvchilar soni keskin oʻsdi va 2022-yil boshida tashrif buyuruvchilar soni kuniga taxminan 10 million nafarni tashkil etdi. Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 180 millionni tashkil etmoqda va saytga 40 million axborot fayllari yuklangan.[1].

Academia.edu
Joriy holati faol va rivojlanmoqda
Sayt turi olimlar uchun ijtimoiy tarmoq
Roʻyxatdan oʻtish bepul, talab etiladi
Qaysi tillarda ingliz tilida
Muassisi Richard Price
Ochilgan sanasi sentabr, 2008-yil
Ishchilar soni 53
Joylashuv San Francisco, California
URL https://academia.edu/

Academia.edu tarmogʻiga Richard Price asos solgan boʻlib, taxminan 600 000 dollar yigʻgan. Investorlar orasida Spark Ventures, internet tadbirkor Brent Hoberman va boshqalar bor edi[2].

Afzaliklari tahrir

Academia.edu „ochiq fan“ va „bemalol foydalanish“ harakatlarida qatnashadi, ular yaratilayotgan maqolalar boʻyicha oʻzaro sharhlar va fikr-mulohazalarni taqdim etadi[3]. Sayt egasi AQSh soliq toʻlovchilari tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy maqolalarning erkin aylanishini jiddiy cheklashi kerak boʻlgan „Tadqiqot ishlari toʻgʻrisidagi qonun“ (Research Works Act)ga qarshi ekanligini bayon etgan[4].

Academia.edu raqobatchilari qatoriga ResearchGate, Google Scholar va Mendeley kiradi[5]. Ushbu sayt ResearchGate kabi ilmiy tarmoqlar muhitidan farq qiladi, chunki unda nafaqat talabalar hamda universitet xodimlari, balki mustaqil tadqiqotchilar ham roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

The Singularity Hub onlayn jurnaliga koʻra, Academia.edu loyihasining ahamiyati juda yuqori, chunki olimlar „hamkasblarining ishlaridan tez va oson xabar topadilar va ular oʻzlarining tadqiqotlari haqiqatan ham muhimligini saytda berilgan baholar orqali isbotlaydilar“[6].

TechCrunch internet nashrining taʼkidlashicha, Academia.edu olimlarga „oʻz tadqiqotlarini tarqatishning kuchli va samarali vositasi“ hisoblanib, „qancha odam oʻz maqolalarini maxsus tahliliy vositalar yordamida oʻqiyotganini real vaqt rejimida kuzatish“ imkonini beradi hamda Google qidiruv natijalarida „juda yaxshi aks etadi“[7].

Manbalar tahrir