Adabiy aloqa – adabiy-ijodiy munosabat. Adabiy aloqa qadimdan mamlakatlar, xalqlar va buyuk ijodkorlarning oʻzaro hamkorligini, hamfikrligini taʼminlovchi omil boʻlgan. Hozirda Adabiy aloqaning adabiy haftaliklar, adabiyot va sanʼat oʻn kunligi, uchrashuvlar singari yangi shakllari mavjud. Adabiy aloqalar mushoira, tazmin, iqtibos kabi badiiy ijod shakllarida ham yaqqol namoyon boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil