Adam Robert
ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Ker-koldi – 1792.3.3, London) – ingliz meʼmori va binokor. 18-asr ingliz klassitsizmining yirik vakili. Edinburg untida oʻqigan (1743-yildan). Yevropa mamlakatlariga sayohatga chiqib qadimiy yodgorliklarni oʻrgangan (1754 – 1758). 1761 – 1768 yillarda qirollik meʼmori. Akasi Jeyms bilan hamkorlikda ratsional mujassamotda chorbogʻlar (Londondagi Kenvudxaus, 1767 – 1769) va jamoat binolari (Edinburgdagi universitet, 1789 – 1793), shahar mavzelari (Londondagi Adelfi, 1768 – 1772), 2 – 3 qavatli turar joy binolari va boshqa qurishgan. Adam qadimiy meʼmorlikka suyanib, mumtoz uslubdagi nafis bezak shakllaridan foydalangan. Binoning ichki qismini bezash va uy jihozlari joylashishiga katta ahamiyat bergan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |