Adamar Jak
ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal – 1963.17.10, Parij) – fransuz matematigi. Fransiya fanlar akademiyasi aʼzosi. Matatematikaning turli sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev qoʻygan „Tub sonlar taqsimlanishining asimptotik qonuni“ muammosini hal qilgan. Adamar hozirgi zamon „Butun analitik funksiyalar nazariyasi“ning yaratilishiga katta hissa qoʻshgan. Uning differensial tenglamalarga doir ishlari diqqatga sazovor. Adamar mexanikada ustuvorlik muammolari va muvozanatlik holatiga yaqin holatdagi mexanik tizimlarning trayektoriyalari xossalarining tadqiqi, matematikani maktabda oʻqitish masalasi bilan ham shugʻullangan. London, Vashington va boshqa mamlakatlar fanlar akademiyaslari faxriy aʼzosi.
1892 yilda u Luiza-Ann Trenelga uylandi va ularning uch oʻgʻil va ikki qizi bor edi. Hadamardning ikki katta oʻgʻli Birinchi jahon urushi frontlarida halok boʻlgan, uchinchisi Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan (1944).1893 yildan – Bordo professori. Fransiya kolleji (1897–1935), Parij universiteti (1900–1912), Ekole politexnika (1912–1937) professori[1].Hamkasblarining taklifiga binoan 1930 va 1934 yillarda SSSRda, 1936-yilda esa Xitoyda boʻldi. Germaniya Fransiyani bosib olganida (1940–1945) AQShga hijrat qilgan va urush oxirida Fransiyaga qaytib kelgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |