Adams Samuel
Adams (Adams) (1722.27.9 -1803.2.10) – Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. "Ozodlik oʻgʻlonlari" inqilobiy tashki-loti rahbari. 1-Kontinental kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. A. Bostonda Muxbirlar komitetini tuzdi (1772). Undan oʻrnak olib Angliyaning Shimoliy Amerikadagi hamma mustamlakalarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. Bular inqilobiy kurash markazlari va mustaqillik urushi davri (1775 – 83)da mahalliy inqilobiy hokimiyat kurtaklari edi. A. 1794 – 97 ylarda Massachusets shtatining gubernatori.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |