Indutsirlangan fermentlar

(Adaptiv fermentlardan yoʻnaltirildi)

Indutsirlangan fermentlar, adaptiv fermentlar — sintezlanish tezligi tirik organizmlarning yashash sharoitiga qarab oʻzgarib turadigan fermentlar. I. f. ning sintezlanishi induktorlar (faollashtiruvchilar) taʼsirida genetik darajada boshqariladi. Bu jarayon induktorlar yor-damida amalga oshiriladi. Induktorlar sifatida substratlar, metabolitlar, shuningdek, gormonlar ishtirok etishi mumkin. Odatda, I. f. organizmda juda kam miqsorda uchraydi. Birok, muhitga substrakt yoki boshqa induktor qoʻshilsa, fermentlar konsentratsiyasi qisqa vaqt ichida ming marta, hatto undan koʻproq oshishi mumkin. Bunday xususiyat organizmlarning yangi sharoitga tez moslashishiga imkon beradi. Induksiya mexanizmi I. f. sinte-zini nazorat qiladigan genlar taʼsirining derepressiyalanishidan iborat. I. f. ga misol kilib, ayrim mikroorganizmlarni sintezlaydigan r"-galaktozidaza (laktozani monosaharidlargacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydi) fermentini koʻrsatish mumkin. Bu ferment oziqli muhitda uglerod manbai faqat laktoza yoki uning analoglari boʻlgandagina sintezlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil