Adekvat taʼsirlovchi, adekvat taʼsirot — retseptorlarni tanlab qoʻzgʻatadigan oddiy fiziologik taʼsirot. Reseptorlar shu taʼsirotni sezishga moslashgan boʻladi. Masalan, koʻzga yorugʻlik; quloqqa tovush; teriga issiq, sovuq, bosim, tegish-taqalish; tomirga qon kimyoviy tarkibi va bosimining oʻzgarishi adekvat taʼsirlovchi hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil