Adelaide daryosi
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Adelaide (inglizcha: Adelaide River) – Avstraliyadagi kema qatnovi joylashgan daryo hisoblanib, mamlakatning shimoliy hududi orqali oqib oʻtadi. Daryo Darvin shahridan 50 km shimoli-sharqda joylashgan Timor dengiziga quyiladi[1]. Uning uzunligi – 180 km ni tashkil etadi[2].
Adelaide daryosi | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 180 |
Davlat | Avstraliya |
Adelaide daryosi |
U ikki daryoning qoʻshilishidan hosil boʻlgan boʻlib, mutlaq balandligi 149 metrni tashkil etadi[3]. Adelaide daryosi Adelaide-River nomli kichik shaharchani oʻz ichiga oladi.
Adelaide daryosi Jon Lort Stoks va L. R. Fitsmoris tomonidan 1839-yilda Beagle kemasida Shimoliy hudud qirgʻoqlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazayotgan vaqtida kashf etilgan[4]. Sayohatchilar daryoni Britaniya qiroli Uilyam IV ning rafiqasi Adelaid Saksen-Mayningen sharafiga nomlashgan. Keyinchalik, 1862-yilda John McDouall Stuart tomonidan ushbu daryo qayta oʻrganilgan[5].
Tuproqning unumdorligi yuqori boʻlganligi sababli, 1881-yilda koʻchmanchilar sugʻoriladigan dehqonchilikka oʻtib, qahva, shakarqamish, kauchuk yetishtirishga harakat qilishgan. Biroq 1886-yildagi noqulay iqlim sharoiti tufayli ushbu hudud tashlab ketilgan. 1954-yilda sholi yetishtirishga urinib koʻrishgan, ammo barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan tashqari ushbu daryoda zaharli ilonlar mavjud.
Daryo subekvatorial zonada joylashganligi sababli, unda ikki mavsum mavjuddir, ular: quruq va nam. Quruq mavsumda daryo yuqori oqimlarda quriydi, quyi oqimlarda aksincha, sayoz boʻladi va nam mavsumda tropik yomgʻir tufayli daryoga suvlar quyiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Adelaide River, Northern Territory Australia“ (deadlink). Totaltravel (2011 [last update]). 2012-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. (WebCite saytida 2012-12-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ Steve Parish: Australian Touring Atlas. Steve Parish Publishing, Archerfield QLD 2007. ISBN 978-1-74193-232-4. S. 95
- ↑ „Map of Adelaide River, NT. Bonzle.com“. maps.bonzle.com. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.
- ↑ „Дневник Джона Лорта Стокса.“ (en). www.gutenberg.org. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.
- ↑ „Журнал Джона Мак-Дональ Стюарта.“ (en) (deadlink). 2008-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2008-09-17 sanasida arxivlangan)
Adabiyotlar
tahrir- Adelaida, reka // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.