Postoynskayama, Adelsberg gʻori — Sloveniyadagi karst gʻori, Dinara togʻligida, Postoyna shahri yaqinida joylashgan. Shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa yoʻnalgan Postoynska antikli-nalining rifli va qatqatli ohaqtoshlaridan tuzilgan. Gʻorning kirish joyi 554 m balandlikda, uz. 16,4 km. Zal va galereyalari murakkab tuzilishga ega, manzarali stalaktit va stalagmit koʻp. Gʻor tepasida diametri 200 m li karst voronkalari joylashgan. Gʻordan Pivka daryosi oqib oʻtadi. Postoynskayama kurikxona deb eʼlon qilingan. Turistlar uchun ji-hozlangan (elektrlashtirilgan temir yoʻl va oʻziga xos yoritish uskunalari qurilgan).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil