Adham Xursanboyevich Shodmonov (1965-yil 29-noyabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi, huquqshunos, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Adham Xursanboyevich Shodmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-noyabr 1965-yil (56 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi
Taʼlim Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Kasbi iqtisodchi
huquqshunos
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimai holi

tahrir

Adxam Shadmanov 1965-yil 29-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2001 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan[1].

1989-1998-yillarda Samarqand viloyati xalq xo‘jaligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

1998-2005-yillarda Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tizimida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2005-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, qo‘mita raisi o‘rinbosari, spiker o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan[2].

2015-yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiyot masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[3].

Mukofotlari

tahrir

2006-yilda Doʻstlik ordeni­­ bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[4].

Manbalar

tahrir