Adigeylar (adige) — xalq, Rossiya Federatsiyasining Adigeya Respublikasida yashovchi tub aholi (95 ming kishi). A. Krasnodar oʻlkasining Lazareve va Tuapse tumanlarida yashaydi. Umumiy soni Rossiya Federatsiyasida 123 ming kishi (1992). Turkiyada ham yashaydi (5 ming kishi). A. yevropeoidlar irqiga mansub. Adigey tiyaiaya soʻzlashadi. Diniy eʼtiqodiga koʻra musulmon-sunniylar. A. ilgari novdalardan chetansimon toʻqilib loy bilan suvalgan uy (saklya)larda yashaganlar. Kiyimlari kabardin kiyimlariga oʻxshash. A. oʻz adabiyotiga ega. A. dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi, sanoat korxonalarida ishlaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil