Adil Rami (talaffuzi: Odil Rami; 1985-yil 27-dekabrda Bastiyada tugʻilgan) – fransuz futbolchisi, „Troya“ futbol klubi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safidagi chempioni.

Adil Rami
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adil Rami
Tavallud sanasi 27-dekabr 1985-yil (1985-12-27) (38 yosh)
Tavallud joyi Bastia, Fransiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Troyes
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—2003 Fréjus

Klublardagi faoliyati

tahrir

2011-yil 3-yanvarda Rami Ispaniyaning „Valencia“ futbol klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolagan[1]. Klublar oʻrtasida shartnoma tuzilib, Rami iyulgacha „Lille“ futbol klubida oʻynashi, shundan soʻng u doimiy ravishda ispanlar safiga oʻtishini taʼkidlagan. Yozda u klubga qoʻshilgan va La Ligadagi debyut oʻyinida „Racing“ futbol klubiga qarshi gol urishga muvaffaq boʻlgan[2]. Rami oʻng qanotda va himoya markazida oʻynab, 6 ta gol urgan. 2014-yilning 3-yanvarida Rami „Milan“ futbol klubiga sotib olish sharti bilan olti oyga ijaraga berilgan[3]. U 2014-yilning 6- yanvarida „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2014-yilning 12-iyulida u „Milan“ bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[4] 2020-yil 21-fevralda u „Sochi“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Biroq may oyining oxirida, klub uchun birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan, jamoani tark etgan[5][6].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Rami Fransiya terma jamoasi safida 2010-yilning 11-avgustida Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Fransiya vakili boʻlishidan oldin unga Marokash terma jamoasi qiziqish bildirgan. 2008-yilgi Afrika Millatlar kubogi oldidan Ramiga murabbiy Henri Michel musobaqada Marokash bilan oʻynash imkoniyatini taklif qilgan. Biroq Rami Fransiya terma jamoasida oʻynash istagini aytib, taklifni rad etgan.

2010-yilning 5-avgustida Rami yangi bosh murabbiy Laurent Blanc tomonidan 2010-yilning 11-avgustida Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini tarkibiga kiritilgan. Muntazam ravishda EURO-2012 turnirlarining saralash bosqichida qatnashganidan soʻng, 2012-yil 29-may kuni Rami oʻsha musobaqa finalida ishtirok etish uchun jamoa tarkibiga kiritilgan. Musobaqadan ikki kun oldin u Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba qozongan. Rami Jahon kubogi yoki UEFA Yevropa chempionati finalida debyutini 11-iyun kuni Angliyaga qarshi oʻtkazgan. Ushbu oʻyin durang bilan yakunlangan. Shuningdek, u Fransiyaning turnirdagi soʻnggi uchta oʻyiniga ham ishtirok etgan.

Rami EURO-2016 turnirining finalida jarohat olgan Rafael Varan oʻrniga ishtirok etgan. Rami Ruminiya, Albaniyaga qarshi turnirning dastlabki toʻrtta oʻyinida maydonga tushgan. Biroq u Islandiya, Germaniya va Portugaliyaga qarshi chorak final, yarim final va final oʻyinlarida ishtirok etmagan. Fransiya finalda Portugaliyaga yutqazib, turnirda ikkinchi oʻrinni egallagan.

Statistika

tahrir
Jamoa Mamlakat Mavsum
E. S. Fréjus   Fransiya 2003—2006
Lille O. S. C. II   Fransiya 2006—2007
Lille O. S. C.   Fransiya 2007—2011
Valencia C. F.   Ispaniya 2011—2013
A. C. Milan   Italiya 2014—2015
Sevilla F. C.   Ispaniya 2015—2017
Olympique de Marsella   Fransiya 2017—2019
Fenerbahçe S. K.   Turkiya 2019—2020
P. F. C. Sochi   Rossiya 2020
Boavista F. C.   Portugaliya 2020—2021
E. S. Troyes A. C.   Fransiya 2021

Manbalar

tahrir
  1. „Rami to leave Lille for Valencia“. 2015-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-yanvar.
  2. „Rami netting in his debut for Valencia“ (2011-yil 27-avgust). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
  3. „Comunicado Oficial: Cesión de Adil Rami“. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  4. „Transfer news: Adil Rami joins AC Milan from Valencia on three-year contract“. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  5. „Рами расторг контракт с «Сочи», агент игрока грозит клубу проблемами с ФИФА“. Eurosport.ru (2020-yil 28-may). Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  6. „Чемпион мира-2018 Адиль Рами стал игроком «Сочи»“ (ru). sport-express.ru (2020-yil 21-fevral). 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-fevral.