Adylbek Aleshovich Qosimaliyev (qirgʻizcha: Адылбек Алешович Касымалиев; 1960-yil 1-dekabrda, Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, Dolon qishlogʻida tugʻilgan) – qirgʻizistonlik davlat va siyosat arbobi. 2024-yil 16-dekabrdan 18-dekabrgacha Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimda ishlagan[1][2]. 2024-yil 18-dekabrdan boshlab ushbu lavozimga toʻliq tayinlangan.

Adilbek Kasimaliyev
qirgʻizcha: Адылбек Алешович Касымалиев
 3- Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi ​​— Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
 
Mansab davri
2024-yil 18-dekabrdan
(v. b. 16 – 18 dekabrya 2024)
Prezident Sadir Japarov
Oʻtmishdoshi Aqilbek Japarov
 Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2022-yil 17-iyundan – 2024-yil 16-dekabrgacha
(v. b. 2022-yil 15—17-iyun)
Hukumat boshligʻi Aqilbek Japarov
Oʻtmishdoshi Arzibek Kojoshev
Vorisi Daniyar Amangeldiyev
 Qirgʻiziston Respublikasi moliya vaziri
 
Mansab davri
2015-yil 2-maydan – 2018-yil 6-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Temir Sariyev
Soʻronboy Jeenbekov
Sapar Isoqov
Muhammadqaliy Abulgʻoziyev
Oʻtmishdoshi Olga Lavrova
Vorisi Baqtigul Jeenbayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-dekabr 1960-yil (1960-12-01) (64 yosh)
Dolon qishlogʻi, Tup tumani, Issiqkoʻl viloyati, Qirgʻiziston SSR

Biografiya

tahrir

1960-yil 1-dekabrda Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, Dolon qishlogʻida tugʻilgan[3].

1984-yilda Leningrad moliya-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[4].

1984—1988-yillarda – Qirgʻiziston SSR Davlat reja qoʻmitasining Iqtisodiyot va rejalashtirishning iqtisodiy-matematik usullari ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim[5].

1988—1990-yillarda – yoʻl-qurilish batalonining moliyaviy xizmati boshligʻi.

1990—1993-yillarda – Bishkekning Oktyabr tumani boʻyicha Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining oʻrinbosari.

1993—1994-yillarda – Bishkek shahrining Oktyabr tumani boʻyicha Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

1994—1995-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasi boʻlimi boshligʻi.

1995—1996-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasining 2-sonli boʻlim boshligʻi, tashqi nazorat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1996—1997-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1997—1998-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va qonunchilik standartlari boshqarmasi boshligʻi.

1998—2000-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻi.

2000—2001-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi.

2001—2002-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi fiskal siyosat boshqarmasi boshligʻi.

2002-yilda – Qirgʻiziston Respublikasi Ijtimoiy jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari.

2003—2005-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Daromadlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.

2005—2007-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.

2007—2009-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi soliqlar va yigʻimlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

2009—2010-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq xizmati raisining oʻrinbosari.

2010—2011-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq xizmati raisi.

2011—2012-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiy tartibga solish vazirligida vazir oʻrinbosari.

2012—2015-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida vazir oʻrinbosari.

2015—2018-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi moliya vaziri.

2019—2020-yillarda – „Hududlarni rivojlantirish ijtimoiy sheriklik jamgʻarmasi“ jamoat fondi direktori.

2020—2021-yillarda – „Hududlarni rivojlantirish ijtimoiy sheriklik jamgʻarmasi“ jamoat fondi raisi.

2021—2022-yillarda – Vengriya—Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi boshqaruvi aʼzosi.

2021-yil 14-maydan 2022-yilgacha – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari[6][7].

2022-yil 15-iyundan – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi[8][9][10].

2022-yil 17-iyundan 2024-yil 16-dekabrgacha – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari.

2024-yil 16-dekabrdan – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi vazifasini bajaruvchi – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari[11].

2024-yil 18-dekabrdan – Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri[12].

Manbalar

tahrir
  1. „Касымалиев Адылбек Алешович“. eec.eaeunion.org. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  2. ERBAEV, A.T.; KOCHKOROVA, F.A.; ESENAMANOVA, M.K.; ATAMBAEVA, R.M.; TSIVINSKAYA, T.A.; KITAROVA, G.S. (2017). "HYGIENIC ESTIMATION OF VITAMINS A, E and β-CAROTENE CONTENT IN RATION OF CADETS AT MILITARY LYCEUM, BISHKEK". AVICENNA BULLETIN 19 (3): 308–312. doi:10.25005/2074-0581-2017-19-3-308-312. ISSN 2074-0581. https://doi.org/10.25005/2074-0581-2017-19-3-308-312. 
  3. „Касымалиев Адылбек Алешович“. eec.eaeunion.org. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  4. „Касымалиев Адылбек Алешович“. eec.eaeunion.org. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  5. „Касымалиев Адылбек Алешович“. eec.eaeunion.org. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  6. „Касымалиев Адылбек Алешович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  7. „Касымалиев Адылбек Алешович — биография“ (ru). Sputnik Кыргызстан (2016-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  8. „Касымалиев Адылбек Алешович“. eec.eaeunion.org. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  9. „Касымалиев Адылбек Алешович — биография“ (ru). Sputnik Кыргызстан (2016-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  10. „Кожошев освобождён от должности первого зампредседателя кабмина на Акчабаре“. Акчабар. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  11. „Адылбек Касымалиев назначен исполняющим обязанности Председателя Кабинета Министров Кыргызской Республики“. president.kg. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  12. „Адилбек Касималиев Қирғизистоннинг янги бош вазири бўлди.“ (2024-yil 18-dekabr).