Adip — toʻn, paranji, mursak, chopon va boshqalarning oldi va etagiga ich tomonidan (astarning ustidan) qoʻyib tiqilgan 5-6 sm enlikdagi gazlama. Adip qora satin yoki qargʻa shoyining chetidan koʻndalangiga yoki uzunasiga qiyib olinib, bir-biriga ulab tayyorlanadi (Adipli chopon — yon va etaklariga adip qilingan chopon)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil