Adl (arab. — odillik, toʻgʻrilik) — islom dinida Alloh sifatlaridan, „ilohiy adolat“ga eʼtiqod qilish — islom aqidaviy talablaridan biri. Moʻtaziliylar Allohning insonlarga odilligi haqidagi tasavvurdan kelib chiqib, inson irodasining erkinligi haqidagi fikrni ilgari surgan. Shialikda — Adl soʻzi rasman qabul qilingan beshta aqidadan biri, inson taqdirini belgilashdagi Allohning adolatli hukmi mazmunida qoʻllaniladi. Hozirgi za-mon islom ilohiyotida Adl — jamiyatning barcha aʼzolariga nisbatan „ilohiy ado-lat“, ularning „Alloh oldida tengligi“ deb talqin etiladi. Shariatda Adl islom diniy qonunlarining „ilohiy adolat“ga asoslanganligini ifodalaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil