Adliya (arab tilida, „aʼdl“ — adolat, toʻgʻrilik, haqqoniylik, xolislik degan maʼnolarni anglatadi) — sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. Adliya keng maʼnodagi huquqdir. Oʻzbekiston Respublikasida Adliya organlari faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan „Sudlar toʻgʻrisida“gi Qonuni (1993-yil 2-sentabr) 10-moddasi talabiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahri sudi, tuman (shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi qoidasiga qatiy rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (yana qarang Huquq).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil