Adonis (Adonis) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va koʻp yillik turlari bor. Oʻrta Osiyo, Sibir va Yevropa togʻlarida oʻsadi. Toshkent, Samarqand, Kashqadaryo va Surxonda-ryo viloyatlaridagi yaylovlarda A.ning 4 turi (A. parvifl ora, A. turkestanica, A. leiosepala, A. chrysocy-athus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, A. turkestanica va A. vemalis .)dan yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20-40 sm), tukli boʻlib, gullab boʻlgandan soʻng tuklari toʻkilib ketadi. A. bar-glari qirqma, patsimon, murakkab, po-yasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktino-morf (toʻgʻri), har bir poyacha uchida bittadan gul boʻladi: gulkosachasi 5 ta koʻk ko-sachabargdan, gultoji 5-20 ta sariq gul-barglardan iborat. Changchi va urugʻchilari koʻp. Gul oʻrni konussimon. A. aprel- may oyida gullaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil