Adoyi — kuy; uch qismdan iborat oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylar turkumi. Odatda Miskin 1-2 kuylariga ulangan holda besh qismli katta turkumni hosil qiladi. A.ning birinchi qismi — cha-pandoz, ikkinchisi — tarona, uchinchisi — soqiynoma doira usuli negizida yaratilgan boʻlib, yakka cholgʻular (tanbur, dutor va boshqalar) hamda joʻrnavozlikda ijro etiladi. A.ning 1 va 2-qismlari ashula yoʻllari sifatida ham mashhur.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil