Adres (frans. adrese – yubormoq) – 1) biror muassasa joylashgan yoki shaxs yashaydigan joyning batafsil nomi; manzil; 2) yozma tabriknoma, yod-noma; asosan tavallud kuni munosaba-ti bilan top shiriladi; 3) kibernetikada elektron hisoblash mashinasi (EHM) da axboratlarning joylashgan oʻrnini aniqlovchi kod. Haqiqiy, nisbiy, timso-liy A.lar bor. Haqiqiy A.– axborotlar saqlanadigan yacheyka (blok, qurilma)lar raqamiga mos keladigan aniq kodlar. Nisbiy A. alohida tanlangan yacheyka-199dan hisoblanadigan xotira yacheykalari raqami. Timsoliy A. dasturlashda qulaylik uchun qoʻllaniladigai A.ning shartli belgilanishi. Mashinada A. de-shifrator bilan oʻzgartiriladi. Odatda, xo-tira kurilmasining har bir yacheykasiga teng razryadli axborot qabul qilinadi. Yacheykalar ketma-ket raqamlangan boʻlib, ularning har biri doimiy adres-raqamga ega. Komandalarda A. ikkilik son bilan ifodalanib, xotira kurilmasining te-gishli yacheyka raqamiga teng boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil