Adrian Jonni Jusino Cerruto (ispancha: Adrián Johnny Jusino Cerruto; 1992-yil 9-iyulda tugʻilgan, Springfild, AQSH) - boliviyalik professional futbolchi, "Strongest" klubi va Boliviya terma jamoasi himoyachisi.

Футбол
Adrian Jusino
Umumiy maʻlumotlar
Toʻliq ismi Adrian Jonni Jusino Cerruto
Tugʻilgan joyi 1992-yil 9-iyul (31 yosh)

Santa Kruz de la Sierra, Boliviya

Fuqaroligi

Флаг Боливии Boliviya

Boʻyi 185 sm
Pozitsiyasi Himoyachi
Klubi haqida maʻlumot
Klubi

Флаг Боливии Strongest

Raqami

55

Klub karyerasi tahrir

Jusino Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan, keyinchalik vatani Boliviyaga qaytib, Bolivar va Petrolero klublarida mashgʻulotlar oʻtkazgan. 2013-yilda Adrian Richland kolleji futbol jamoasida havaskor futbolchi sifatida oʻynay boshlaydi. Oʻsha yili Jusino "Union Maestransa" klubining unga boʻlgan qiziqishi tufayli "Union Maestransa" klubi safiga kelib qoʻshiladi. 2015-yilda u jamoani tark etadi va bir muddat "Ventura County Fusion" va "Allways Ready" jamoalarida toʻp suradi. 2018-yilning 23-yanvarida Jusino "Tulsa Roughnecks"[1] klubi bilan shartnoma imzolaydi. 18-mart kuni "OKC Energy" klubiga qarshi oʻyinda u USL chempionatida debyut qiladi [2]. 2019-yil boshida Jusino oʻz vataniga Boliviyaga qaytadi. 27-yanvar kuni "Destroyers"ga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda u milliy Boliviya chempionatida debyut qiladi[3]. 6-avgust kuni "Destroyers"ga qarshi oʻyinda Adrian jamoasi Bolivar uchun birinchi golini uradi[4]. Oʻsha yili u oʻz jamoasiga chempion boʻlishda yordam beradi.

Xalqaro karyerasi tahrir

2019-yil 3-mart kuni Nikaragua terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Jusino Boliviya terma jamoasi safida debyut qiladi[5]. Oʻsha yili Adrian Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogida ishtirok etish uchun tuzilgan terma jamoa tarkibga kiritiladi. Turnirda u Braziliya[6], Venesuela[7] va Peru[8] terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Yutuqlari tahrir

Klubda

  «Bolivar»

  • Boliviya chempionati gʻolibi - Apertura 2019-yil

Havolalar tahrir

  1. „Roughnecks Sign Defender Adrian Jusino“ (en). Tulsa Roughnecks FC (2018-yil 23-yanvar). 2018-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  2. „ОКС Энерджи VS. Талса Рафнекс 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 18-mart).
  3. „Боливар VS. Дестройерс 2:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 27-yanvar).
  4. „Боливар VS. Дестройерс 3:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 6-avgust).
  5. „Боливия VS. Никарагуа 2:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 3-mart).
  6. „Бразилия VS. Боливия 3:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 15-iyun).
  7. „Боливия VS. Венесуэла 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-iyun).
  8. „Боливия VS. Перу 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 18-iyun).