Adveksiya
Adveksiya (lot. advectio — el-tish), meteorologiyada — havo va u bilan birga fizik xossalari (temperatura, namlik va hokazo)ning gorizontal (yotiq) yoʻnalishda koʻchishi. Biror hududdagi ob-havo va uni tashkil qiluvchi meteorologiya unsurlari ikkinchi bir hududga gorizontal koʻchganda A. yuz beradi. Shu hududning temperaturasi A. tufayli koʻtarilsa, iliqpik A. si, aksincha, pasaysa — salqinlik A. si deb ataladi. A. natijasida yuz beradigan atmosfera hodisalari advektiv hodisalar deb ataladi, mas, advektiv tumanlar, momaqaldiroq, ayoz va boshqa Sovuq va issiq, quruq va nam havo massalari A. si ob-havoning qanday boʻlishida muhim rol oʻynaydi (yana qarang Konveksiya).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |