Adventistlar
Ushbu sahifani Adventistlik bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Adventistlar (lot. adventus — voqe boʻlish) — xristian sektalaridan biri. 19-asrning birinchi yarmida AQShda vujudga kelgan. Sekta aʼzolari „Isoning qaytib kelishi“ yaqinligiga, xudoning ming yillik va tanho hukmronligi boshlanishiga ishonadilar. Asoschisi baptist U. Miller (1782 — 1849). „Muqaddas yozuvlar va 1843-yilda Isoning 2-marta voqe boʻlishi hamda 1000 yillik hukmronligi haqida tarixiy dalillar“ kitobida Bibliya tarkibiga kirgan paygʻambarlar kitoblariga suyanib, Isoning 2-marta kelishiga doir oʻzi belgilagan muddatni asoslashga urin-gan. A. harakati bir necha tarmoqlarga boʻlinib ketgan. Eng yirigi — „Yettinchi kun adventistlari“dir. A. insoniyat tarixi Iso va shayton oʻrtasidagi abadiy kurashdan iborat, bu kurash shaytonning halokati bilan tugaydi, xalos boʻlishning birdan-bir yoʻli A. eʼtiqodini qabul qilishdir, deb ishonadi. A. jonning oʻlmasligini inkor etadi: jon tana bilan birga oʻladi va Isoning qaytib kelgan kuni yana tiriladi. Ular xudo olamni yaratayotganda shanbada dam olgan, deydilar va shu sababli shanba kunini bayram qiladilar. Shuning uchun Rossiyada A. oʻzlarini subbotniklar deb ataydilar. Bu sekta MDHda, jumladan, Oʻzbekistonning ayrim shaharlarida ham mavjud. Ularning roʻyxatga olingan 9 ta jamoasi bor (1998). Mavjud boʻlgan bar-cha cherkovlarga Toshkent shahrida joylash-gan Yettinchi kun xristian A.ining Oʻrta Osiyo konferensiyasi rahbarlik qiladi. Prezidenti Robert Geybel (1992-yildan).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |