Aerogeologik sʻyomka — foydali qazilmalarni qidirish usuli. Samolyot, er sunʼiy yoʻldoshi yordamida er yuzini suratga olish yoki uning tuzil ishini bevosita kuzatishga asoslangan. Ax. ishlari 3 davrga boʻlinadi: tayyorgarlik, dala ishlari va laboratoriya ishlari. 1-davrda umumiy tayyorgarlikdan tashqari oʻrganilishi kerak boʻlgan joyning geologik sʻyomkasi oʻtkaziladi, er yuzasining tuzilishi, er yuziga chiqib qolgan tub jinslar qatlami, ularning yotish sharoitlari, er poʻstida sodir boʻlgan darzliklar oʻrni, intruziv va effuziv jinslarning tarqalishi hamda foydali qazilmalarning bor-yoʻqligi aniqlanadi, 2-davrda dala ishlari vaqtida yalpi aerovizual kuzatishlar va er ustida geologik tekshirishlar oʻtkaziladi, 3-davrda dala ishlari vaqtida olingan barcha maʼlumotlar umumlashtirilib, geologik xarita tuziladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil