Aerologiya stansiyasi — shamol, temperatura, bosim va namlikni muntazam 846kuzatib boruvchi stansiya. Aerologiya stansiyasida Yer ustidagi meteorologik kuzatishlar va aerologik oʻlchash natijalari tegishli tashkilotlarga yuborib turiladi. As. radiozond, aerostat, meteograflar, aerologik teodolit, radioteodolit va radiolokatorlar bilan jihozlanadi. Aerologiya stansiyasi maʼlumotlari aerologiya markazlarida jamlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil