Aeron — 1) qayt qilishga qarshi vosita, tarkibida giossiamin va skopolamin tuzlari boʻlgan tabletka. Samolyotda uchganda, kemada suzganda va homiladorlikda yuz beradigan koʻngil aynish hamda qayt qilishning oldini olish va davolashda ishlatiladi; 2) mis, kremniy qoʻshilgan alyuminiyli qotishma, ancha pishiq boʻlib, samolyot va dirijabl yasashda ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil